LocationChilanzar
WorkingDay

UBS va MIT o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

UBS va MIT o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

"University of Business and Science" (UBS) oliygohi ta’sischisi Omon Sultonov, UBS Kuzatuv kengashi raisi, Prof. Elyorjon Jumayev hamda xalqaro reytinglarda yetakchi o‘rinlarni muntazam egallab kelayotgan ta’lim dargohi "Massachusetts Institute of Technology" (MIT) vitse-prezidenti, sun’iy intellekt va ta’lim bo’yicha mashhur olim Prof. Dimitris Bertsimas o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda UBS va MIT universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, endi UBS talabalari va professor-o‘qituvchilari MIT platformasidan foydalanishlari mumkin. Bu platformada zamonaviy ta'lim ko'nikmalarini o‘zida jamlagan qator kurslar mavjud.

Shuningdek, kelajakda universitetimiz o‘quv dasturlari AQSh universiteti andozasi asosida takomillashtiriladi.

Ta’kidlash lozim, ushbu uchrashuv UBSning xalqaro miqyosda integratsiyalashgan universitetga aylanishida muhim qadamlaridan biri hisoblanadi.

Oldinroq universitetimiz va mazkur oliygoh vakillari o‘rtasidagi muzokaralar davomida UBSning 100 nafar professor-o‘qituvchilari MITning raqamli platformalari orqali malaka oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

33
All news
Catalog about the University of business and science
Download catalog

In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process

+998 78 113 26 26
logo