LocationChilanzar
WorkingDay

UBS va IIT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

UBS va IIT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

"University of Business and Science" (UBS) hamda AQShning Chikago shahrida joylashgan, mamlakatdagi eng nufuzli muhandislik oliygohlaridan biri — Illinois Institute of Technology (IIT) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuv asosida:

UBS talabalari uchun diplomi AQSh va O‘zbekistonda tan olinadigan qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi;

Muhandislik va biznes yo‘nalishlarida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;

“Powered by IIT” kurslari UBS dasturlariga integratsiya qilinadi;

Qisqa muddatli treninglar, tadqiqot amaliyotlari shuningdek, IT, sun’iy intellekt, muhandislik innovatsiyalari va xalqaro biznes sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi — "Startup Bootcamp" dasturlari bo‘lib, unda UBS talabalari IITning Chikagodagi kampusida o‘tkaziladigan amaliy treninglarda qatnashishadi.

Bu esa ularga tadqiqot stajirovkalari orqali global innovatsiya hamda biznes ekotizimiga ulanish imkoniyatini yaratadi.

Ta’kidlash lozim, oldinroq universitetimiz va mazkur oliygoh vakillari o‘rtasidagi muzokaralar davomida bakalavriat darajasidagi quyidagi shakllarda qo‘shma diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olingan edi:

2+2 bakalavriat dasturlari (2 yil O'zbekistonda + 2 yil AQShda);

3+1 bakalavriat dasturlari (3 yil O'zbekistonda + 1 yil AQShda);

4+0 bakalavriat dasturlari (hamkorlik asosida UBSda);

1+1 magistratura dasturlari (1 yil O'zbekistonda + 1 yil AQShda);

2+0 magistratura dasturlari (hamkorlik asosida UBSda).

37
All news
Catalog about the University of business and science
Download catalog

In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process

+998 78 113 26 26
logo