Erta tongdan UBS Toshkent filialida 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari boshlandi. Universitetning ostonasida ilk qadam qo'ygan yoshlar ko'zlarida hayajon bilan birinchi bor talabalik baxtini UBSning dargohida his qilishdi.

Oliygohning har bir burchagi bugungi tantanaga monand ravishda bezatilgan, talabalar ko'zlarida quvonch, ota-onalar esa farzandlarining ta'lim yo'lini boshlayotganini faxr va hayajon ila kuzatdilar.

Shuningdek, rasmiy ochilish marosimida UBS Toshkent filiali direktori Baxrom Xikmatov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmalxo‘ja Saidnomanov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimi Eshov Xurshid, universitet professor-o'qituvchilari va talabalarini yangi o'quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tashrif buyurgan mehmonlarga atroflicha ma'lumot berdilar.

If you have any questions, please leave them
Contact us