28–30-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-sonli qarori, 2023-yil 25-martdagi QQ-6-sonli qo‘shma qarori hamda 2025-yil 15-maydagi videoselektor yig‘ilishi bilan tasdiqlangan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “OTM yetakchilari forumi” tashkil etildi.
Forum poytaxtimizdagi “Yoshlar oromgohi”da bo‘lib o‘tdi va unda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi.
Mazkur forumda UBS Yoshlar Ittifoqi yetakchisi, Abror Rafiqov ishtirok etib, o‘zining ilg‘or tashabbuslari, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda taklif qilgan foydali loyihalari uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Universitet rahbariyati o‘zining yetakchi talabalaridan birini ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
If you have any questions, please leave them
Contact us