UBS × Dongshin Universiteti – xalqaro hamkorlik yangi bosqichda
“University of Business and Science” olimlari joriy yilning 28-sentyabridan 1-oktyabrigacha AQShning Ogayo shtatida bo‘lib o‘tadigan Materials Science & Technology – MS&T25 xalqaro anjumanida O‘zbekiston vakillari sifatida ishtirok etadi.
Ushbu nufuzli ilmiy forumga UBS olimlari ham muhim yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etilgan.
➖Birinchi tadqiqotda metall qotishmalar tarkibiga mis (mis elementi) qo‘shilganda, ular yuqori haroratga yaxshiroq chidash va egiluvchanlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi qanday ta’sir qilishi o‘rganilgan.
➖ Ikkinchi tadqiqotda esa boshqa turdagi murakkab metall aralashmalarga vanadiy va marganets singari mayda elementlar qo‘shilganda, bu ularning ichki tuzilishi va mustahkamligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlab chiqilgan.
Mazkur ilmiy izlanishlar MS&T25 doirasida yuqori baholanib, UBS jamoasining uchta ilmiy ishi Butunjahon ilmiy anjumanning final bosqichiga saralandi. Bu esa nafaqat universitet, balki O‘zbekiston ilm-fan jamoasi uchun katta yutuq hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, MS&T25 konferensiyasi materialshunoslik sohasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik va nufuzli ilmiy anjumanlardan biri hisoblanadi.
2003-yildan buyon har yili kuz faslida o‘tkazib kelinayotgan ushbu anjuman butun dunyo olimlari, sanoat yetakchilari, texnologiya mutaxassislari va tadqiqotchilarini bir maydonga jamlab, ilmiy hamkorlik va texnologik taraqqiyotga xizmat qilmoqda.
UBS × Dongshin Universiteti – xalqaro hamkorlik yangi bosqichda
UBS olimlari MS&T25 xalqaro anjumanida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi
UBS × Tsukuba Universiteti – ilm-fan, texnologiya va madaniyatlararo hamkorlik sari yangi bosqich
UBS va Tsukuba Universiteti: Akademik hamkorlikda yangi ufqlar sari
UBS va Sejong universiteti hamkorligida qiymati 4 million AQSh dollarlik Ilmiy-tadqiqot markazi ish boshlaydi
“The Next Big Thing” startap tanlovi — talabalar innovatsion loyihalarining namoyishi
Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Garvard universiteti professori UBS Maslahat kengashi a’zosi bo‘ldi
UBS professor-o‘qituvchilari XV-Yevroosiyo yoshlari iqtisodiy yubiley forumida ishtirok etmoqda
Koreyada amaliyot va ta’lim imkoniyatlari
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin