UBS × Dongshin Universiteti – xalqaro hamkorlik yangi bosqichda
Bugun, 24-iyun kuni "University of Business and Science" rahbariyati Janubiy Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida mamlakatning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Dongshin Universiteti bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuvda Dongshin Universiteti prezidenti Prof.Lee Juhee hamda boshqa rahbariyat vakillari, UBS tomonidan esa universitet hamta’sischisi Omon Sultonov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuv avval imzolangan anglashuv memorandumi doirasida qo‘shma tashabbuslarni amaliyotga joriy etish hamda yangi istiqbolli rejalarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.
Ma’lumot uchun: 1985-yilda tashkil topgan Dongshin Universiteti bugungi kunda Janubiy Koreyaning etakchi oliygohlaridan biri sanaladi. Universitet Naju shahrida joylashgan bo‘lib, zamonaviy kampus, ilg‘or laboratoriyalar va o‘ziga xos tibbiyot klinikalari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, an’anaviy koreys tibbiyoti, hamshiralik ishi, fizioterapiya, radiologiya va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlari bo‘yicha kuchli amaliy dasturlarni taklif etadi.
UBS × Dongshin Universiteti – xalqaro hamkorlik yangi bosqichda
UBS olimlari MS&T25 xalqaro anjumanida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi
UBS × Tsukuba Universiteti – ilm-fan, texnologiya va madaniyatlararo hamkorlik sari yangi bosqich
UBS va Tsukuba Universiteti: Akademik hamkorlikda yangi ufqlar sari
UBS va Sejong universiteti hamkorligida qiymati 4 million AQSh dollarlik Ilmiy-tadqiqot markazi ish boshlaydi
“The Next Big Thing” startap tanlovi — talabalar innovatsion loyihalarining namoyishi
Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Garvard universiteti professori UBS Maslahat kengashi a’zosi bo‘ldi
UBS professor-o‘qituvchilari XV-Yevroosiyo yoshlari iqtisodiy yubiley forumida ishtirok etmoqda
Koreyada amaliyot va ta’lim imkoniyatlari
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin