Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Kelajak rejalari

UBS USTOZLARI | ILMIY SAFAR

Hozirgi kunda universitetimizning "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti, siyosat fanlari doktori Surobova Rayxona Zokirjonovna Arab Respublikasi Misrda ilmiy safarda.Ilmiy safarning asosiy maqsadi Arab Respublikasi Misrning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan akademik, ilmiy va madaniy sohalarda o'zaro aloqalarni o'rnatishdir.Shuningdek, ilmiy safar davomida bir qator tarixiy-arxitektura yodgorliklarini ziyorat qilish ham rejalashtirilgan.

RASMIY TASHRIF | UBS ALOQALARI

AQSHning Texas texnika universiteti professori, biotexnologiya fanlari doktori Dani Ravi Prokash “University of Business and Science”ga tashrif buyurdi. Rasmiy uchrashuv mobaynida universitetimiz rektori Karimjon Mirzaxmedovich va janob Dani Ravi Prokash ushbu mavzularni muhokama qildilar:➖ Ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarning jalb qilinishi;➖ Professor-o‘qituvchilarning xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga amaliyot va malaka oshirishga yuborish;➖ Xalqaro grant va ilmiy loyihalar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va boshqalar.Professor Ravi Prokash universitetimizga tashrifi doirasida UBS talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan ham uchrashdi.

XALQARO E’TIROF | UBS USTOZLARI

Kuni kecha xalqaro Turon Fanlar Akademiyasining bir guruh akademiklari oliygohimizga tashrif buyurdi. Mehmonlarni rektorimiz Karimjon Boymirzayev kutib olib, universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Uchrashuvda mehmonlar tomonidan oliygohimizning ilmiy faoliyati alohida e’tirof etildi. Quvonarlisi, Haydarbek Bobobekov (Leybnis nomidagi Yevropa tabiiy fanlar akademiyasi (Germaniya) akademigi va Sharq boʻlimi rahbarining muovini), Sohibaxon Aʼzamova (Turon Fanlar Akademiyasi Namangan filiali rahbari) tomonidan:➖ Rektorimiz Boymirzayev Karimjon Mirzahmedovichga “Eng ulugʻ ustoz”; ➖ Mansurov Ulug‘bek Umarovich ustozimizga "Kuch-Adolatda";➖ Pazlitdinova Nargiza Zuriddinovna ustozimizga esa "Eng ulug‘ ustoz" xalqaro esdalik nishonlari topshirildi.

UBSDA NAVRO‘Z SHUKUHI

“University of Business and Science”da Navroʻz bayrami har yili oʻzgacha shukuh, kayfiyatda nishonlanadi. Bu yil ham bu anʼanaga muvofiq ayyomni oʻyin-kulgilar, mazali milliy taomlar, urf-odatlar, qoʻshiq-raqslar bilan oʻtkazdik! Koʻp yozgandan foyda yoʻq, ushbu suratlar shodiyona haqida jonli soʻzlasin!

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun oliygohimizda "Rektor va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.Unda universitetimiz rektori, geografiya fanlari doktori, professor Karimjon Boymirzayev bir qator iqtidorli va faol yoshlar bilan uchrashdi.Uchrashuvda rektorimiz, dastavval, mamlakatimiz va universitet ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida so‘z yuritdi.Shuningdek, rektorimiz tomonidan oliygohimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol bo‘lgan talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Tadbir so‘ngida, Rektorimiz talabalar tomonidan berilgan takliflar, mulohazalarni tinglab, ularning hech biri e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidladilar.

UBSʼda ilmiy uchrashuv oʻtkazildi

Uchrashuvda olim “Oliy ta’lim: Jahon tajribasi va sohani Oʻzbekistonda rivojlantirish istiqbollari” mavzusida qiziqarli va oʻziga xos maʼruza qildi. Shuningdek, ilm olishi va hozirgi hayoti uchun oʻtkazgan qiyinchiliklari haqida ham talabalarimizning taklifiga binoan soʻzlab berdi. Uchrashuv soʻngida Bahodir Ergashev ushbu seminarni eʼtirof etib, tez kunlarda oliygohimizga kelishini va albatta, katta ilmiy maʼruzalar qilib berishini maʼlum qildi.

"Xususiy universitetlarga ishonch yo‘q, degan gaplar asossiz!" — Rasul Kusherbayev

"Xususiy universitetlarga ishonch yo‘q, degan gaplar asossiz!" — Rasul Kusherbayev "Yosh Ziyokor" uyushmasi raisi Rasul Kusherbayev universitetimizga tashrifi davomida ko‘plab mavzularda fikr almashdi."Shulardan eng muhimi — ayrim insonlardagi  ishonchsizlik hissi."Janob Kusherbayev ushbu fikrlari bilan O‘zbekiston ta’lim tizimida nodavlat OTMlar faoliyatini shubha ostiga olayotgan, skeptik qarashdagi ayrim insonlarning havotirlari o‘rinsiz ekanini ta’kidladilar. Ushbu tashrif davomida Rasul Kusherbayev rektorimiz Karimjon Boymirzayev bilan ham suhbatlashgan edilar.

"IT Community Roadshow"da treninglar ham tashkil etildi

 “University of Business and Science”da o‘tkazilgan "IT Community Roadshow" tadbiri talabalarimiz uchun katta tajriba maydonini yaratdi. Unda O‘zbekistondagi eng yirik IT hamjamiyati asoschisi va rahbari, veb-saytlarni qurish, rivojlantirish va sotish bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega internet tadbirkor, BOLD va Microsoft kabi global kompaniyalarda SEO rahbari lavozimida ishlagan Shavkat Karimov maxsus trening o‘tib berdi.Bundan tashqari, tadbirdan spikerlar — Dilafruz Yusupova, Medina Primova, Feruzbek Raxmonov, Kristina Vanina, Dilafruza Joraboyeva hamda Ilkhomjon Alievning: • Qiziqarli ma’ruza va master-klasslari;• Netvorking sessiyasi va eng faol ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina;• IT karyerasi, frilans va boshqa sohadagi mavzulardagi seminarlar ham o‘rin oldi. Unda IT sohasiga qiziquvchi talabalarimizning barchasi ishtirok etib, o‘zlari uchun katta bilim va tajribalarga ega bo‘lishdi.

“Yilning eng yaxshi izlanuvchilari“

"University of Business and Science"ning nafaqat ustozlari, balki talabalari ham xalqaro maydonlarda bo‘y ko‘rsata boshlagan. Ularni tez-tez siz bilan bo‘lishishdan mamnun bo‘lamiz!Bugun Toshkenti azimda Fransiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi izlanuvchilari“ nomli xalqaro ilmiy-amaliy forumi ishtirokchilari tantanali taqdirlandi.Ular orasida UBS Pedagogika-psixologiya yo‘nalishi talabalari va shu kafedra o‘qituvchisi Munira Nishonova ham bor. -      Ularga “Yilning eng yaxshi izlanuvchilari“ ko‘krak nishoni, maxsus statuetka va guvohnoma taqdim etildi. Marosim O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Madaniyat va maʼrifat markazida OAV vositalari ishtirokida o‘tkazildi.Ustozimiz va talabalarimizni ushbu ulkan yutuq bilan muborakbod etib, ularga bundan-da katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Unutilmas uchrashuv

 Ijod — adiblar va xalqni birlashtiruvchi ko‘prik, qalblarni bog‘lovchi nurli vositadir.Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 275-sonli buyrugʻi asosida "University of Business and Science"da jurnalist, taniqli shoir To‘lqin Eshbek bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. ‘ To‘lqin Eshbek:-          O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi;-          Jurnalistlar uyushmasi a’zosi;-          Usmon Nosir mukofoti laureati;-          "Oltin qalam" Milliy mukofoti sovrindori;-          "Do‘stlik" ordeni va boshqa ko‘plab mukofotlar sohibi;-          Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi. Uchrashuv davomida To‘lqin Eshbek o‘zining ijodiy yo‘li, adabiyot va ma’naviyatning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.Talabalar va mehmonlar ijodiy uchrashuvdan katta ilhom olgani shubhasiz. 

"Karyera markazi" seminari

Universitetimizda "Karyera markazi" loyihasi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali rahbari o‘rinbosari O. Rahimov va mas’ul xodim J. Ergashev ishtirok etishdi.Seminarda davlat va nodavlat sektor bilan hamkorlikda sifatli kadrlar tayyorlash hamda talabalarning amaliyot va ishga joylashish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar karyera rivojlanishiga oid foydali maslahatlar va tavsiyalarni olishdi.

Konstitutsiya — farovon hayot garovi

UBS Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan mazmunli davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Konstitutsiyaning jamiyat rivojidagi o‘rni, uning fuqarolik huquqlari va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati haqida qizg‘in fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda ishtirok etgan hurmatli mehmonlar va UBS rahbariyati:•  Shoeva Roza Ismailjanovna – UBS Toshkent filiali rahbari, talabalarga huquqiy bilimlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi;•  Xudayberganov Ravshanbek Xudayberganovich – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbarning birinchi o‘rinbosari, yoshlarning davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi;•  Shukrullo Jo‘rayev – Xalqaro Islom Akademiyasi dotsenti, Konstitutsiyaning axloqiy va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unligi haqida ma’ruza qildi;•  Qo‘chqarov Shoxrux Farrux o‘g‘li – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishda Yoshlar parlamentining o‘rni haqida fikr bildirdi;•  Bo‘ronboyeva Xushriyo Toshkenbayevna – Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi Tarix va huquq fani metodisti, Konstitutsiyaviy islohotlarning ta’limga ta’siri haqida ma’lumot berdi. Tadbir so‘ngida mehmonlarga o‘z hissasi uchun minnatdorchilik bildirilgan holda tashakkurnomalar topshirildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarimizning huquqiy bilimlarini oshirish va ularning huquqiy ongini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.

University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo