Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Kelajak rejalari

Malayziyadan muhim tashrif

Malayziya Xalqaro Islom Universiteti xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, professor Siti Hajar Binti Yusoff xonim bugun University of Business and Science mehmoni bo‘ldi.Uchrashuvning asosiy maqsadi: Ikki universitet oʻrtasida imzolangan memorandum doirasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish;Memorandum osti hujjatlarini amaliyotga joriy etish;Professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi boʻyicha yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat bo‘ldi.Suhbat davomida UBS rektori professor K. Boymirzayev hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor D. Xolmatovlar:tomonlarning manfaatlariga mos keluvchiva kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator maqsadli loyihalar haqida fikr almashdilar.Bunday tashriflar — xalqaro ta’lim maydonida UBSning o‘z oʻrnini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir!

UBSda yangi oʻquv yili start oldi

Xabar qilganimizdek, 15-sentabr kuni University of Business and Science'ning Namangan va Toshkent o'quv binolarida, kunduzgi ta’lim shakli 2-3-4-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari boshlandi.Endi auditoriyalar yana ilm va izlanish ruhiga to‘ladi.Talabalar nazariy bilimlarini boyitadilar.Amaliy mashg‘ulotlarda esa o‘z sohalariga yaqin ko‘nikmalarni rivojlantirishadi.UBS rahbariyati barcha talabalarni yangi o‘quv yilida yuksak maqsadlar sari intilishga, bilim va mehnat orqali kutilgan natijalarga erishishga chorlaydi. Yangi o'quv yili — yangi imkoniyatlar, yangi marralar demakdir!17-sentabrda 1-kurs talabalari uchun darslar boshlanadi.

University of Business and Science'da yangi o'quv yili boshlandi!

Erta tongdan UBS Toshkent filialida 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari boshlandi. Universitetning ostonasida ilk qadam qo'ygan yoshlar ko'zlarida hayajon bilan birinchi bor talabalik baxtini UBSning dargohida his qilishdi.Oliygohning har bir burchagi bugungi tantanaga monand ravishda bezatilgan, talabalar ko'zlarida quvonch, ota-onalar esa farzandlarining ta'lim yo'lini boshlayotganini faxr va hayajon ila kuzatdilar.Shuningdek, rasmiy ochilish marosimida UBS Toshkent filiali direktori Baxrom Xikmatov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmalxo‘ja Saidnomanov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimi Eshov Xurshid, universitet professor-o'qituvchilari va talabalarini yangi o'quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tashrif buyurgan mehmonlarga atroflicha ma'lumot berdilar.

UBSda tanishtiruv haftasi

UBSda birinchi bosqich talabalarining o‘zaro tanishuvi va jamoaviy muhitga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanishtiruv haftasi qizg‘in davom etmoqda.Uch kunlik dastur doirasida talabalar turli interaktiv mashg‘ulotlar, ijodiy tanlovlar va guruhiy faoliyatlar orqali o‘z qiziqishlarini namoyon etmoqdalar. Bugun, dasturning ikkinchi kunida — talabalar o‘z qiziqishlariga ko‘ra guruhlarga ajralib, o‘zlari tanlagan yo‘nalishlarda birlashdilar. Kimdir volontyorlik faoliyatini tanladi, kimdir media klub a’zosi bo‘lishni afzal bildi, yana boshqalar esa IT va sport yo‘nalishlariga qiziqish bildirishdi.O'z ichki salohiyatingizni kashf qilib, jamoaviy ruhda rivojlanish uchun bizning safimizga qo'shiling!

Birgalikda o'sish va rivojlanish uchun bir qadam

UBSda birinchi bosqich talabalari o‘zaro tanishib, jamoaviy muhitga moslashishi uchun tashkil etilgan uch kunlik "Tanishtiruv haftasi" o‘z nihoyasiga yetdi. Dastur davomida talabalar turli interaktiv va ijodiy tanlovlarda guruh bo'lib ishtirok etish orqali, o‘z salohiyatlarini namoyon qildilar. Shuningdek, tanishtiruv haftasi yakunida o‘tkazilgan tadbirda g‘olib jamoalar mukofotlandi. Bu ular uchun ilk jamoaviy tajriba bo‘lib, unutilmas xotiraga aylandi.Tez orada qiziqarli intervyular va jarayondan videolar bilan ulashamiz!

UBS talabalari Janubiy Koreya amaliyotiga yo‘l oldi

Xabaringiz bor, University of Business and Science‘da talabalar o‘rtasida Startap tanlovi o‘tkazilgan edi. Ushbu tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalarimiz endi 10 kunlik amaliyot dasturi uchun Janubiy Koreyaga yo‘l olishmoqda.10 kunlik amaliyot dasturi, dunyoning TOP-200 taligiga kiruvchi nufuzli oliygohlardan biri Sejong universitetida bo‘lib o‘tadi. Bu dastur talabalarimiz uchun nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalar, balki xalqaro tajriba, innovatsion muhit va kelajakdagi karyera uchun mustahkam qadamdir.

Sejong universitetida 1-amaliyot kuni

Talabalarimiz, Sejong universitetida ilk amaliy mashg'ulotlarini boshlab yubordi. Avvalo, ular maxsus laboratoriya bilan tanishtirildi, so‘ng esa birinchi vorkshop mashg‘ulotlari o‘tkazdi.Laboratoriyadagi zamonaviy texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish talabalarimizda katta taassurot qoldirdi.Vorkshop jarayonida esa ular nazariy bilimlarini amaliy topshiriqlar orqali sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.Tez orada talabalarimizning taassurotlari bilan bo'lishamiz.

UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda

23-sentyabr kuni University of Business and Science (UBS) rahbariyati, Riga Technical University (RTU) vakillari hamda Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi rahbarining o‘rinbosari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Mazkur uchrashuv doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi:Qo‘shma ilmiy-tadqiqot (R&D) markazlarini tashkil etish va rivojlantirish;Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish; Erasmus+ dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; Qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;Ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish.Ma’lumot uchun: Riga Technical University (RTU) — 1862-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Baltikbo‘yi mintaqasidagi eng yirik va eng qadimiy texnik universitetlardan biri hisoblanadi. RTU muhandislik, arxitektura, biznes va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida tan olingan. Bugungi kunda universitetda 30 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.Uchrashuv natijasida UBS talabalari uchun Yevropa oliygohlari sari keng imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda.

Ta'limda chegaralar yo'q

Janubiy Koreyaning nufuzli Mokpo National University'ning Oʻzbekistondagi vakili, Kim Kyeon Heun UBSga tashrif buyurdi.Tashrif davomida janob Kim Kyeon Heun UBS rektori Karimjon Boymirzayev bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, mehmon universitetning o‘quv jarayonlarida ishtirok etib, talabalarning bilim olish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Ma’lumot uchun, Mokpo Milliy Universiteti Janubiy Koreyaning yetakchi oliygohlaridan biri bo‘lib, QS xalqaro reytingida 1000 talik ro‘yxatga kiradi. Universitet IT, muhandislik, ijtimoiy fanlar va san’at yo‘nalishlarida kuchli akademik dasturlar, zamonaviy yotoqxona sharoitlari hamda xalqaro talabalar uchun almashinuv imkoniyatlarini taqdim etadi.UBS va Mokpo Milliy Universiteti o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish rejalashtirilgan boʻlib, bu kelishuv ikki tomonlama akademik almashinuv va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Sejong universitetida bayramona amaliyot

Amaliyot safarining birinchi 2 kunligida talabalarimiz:Xalqaro tajriba va bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, Janubiy Koreyaning turli sayohatbop joylariga tashrif buyurib, koreys xalq madaniyati bilan ham yaqindan tanishishdi.UBS oʻz talabalariga bu kabi xalqaro tajribaga ega bo'lish imkoniyatini taqdim etishda davom etadi!

Samarqand safari start oldi

Bugun, UBS talabalaridan iborat jamoa qadimiy va betakror, go'zalligi bilan butun dunyoni hayratga solgan Samarqand shahriga yo'l oldilar.Mazkur tashabbus — UBS rahbariyati tomonidan yosh avlodni milliy meros bilan yaqindan tanishtirish, ularning dunyo qarashini kengaytirish  maqsadida tashkil etilgan.Safar tafsilotlari, taassurotlar va unutilmas lahzalar bilan tez orada sizni tanishtiramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

UBS universitetida Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Uniview vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, ushbu Kompaniya videokuzatuv va xavfsizlik tizimlari bo‘yicha 145 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi.Muloqot davomida:ta’lim va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish,talabalar hamda professor-o‘qituvchilar malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish,universitetni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash,qo‘shma seminarlar va amaliy treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishdilar.Mazkur uchrashuv UBS universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, akademik almashinuvni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo