Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Kelajak rejalari

Kitoblar — hayot yo‘limizni yorituvchi yo‘lchi yulduzlar

UBS Toshkentda o‘tkazilgan kitob yarmarkasi bu yulduzlarni yana-da yaqinlashtirdi. Tadbir davomida o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ta’lim, ilm-fan va badiiy adabiyot yo‘nalishlaridagi yangi kitoblarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, o‘quvchilar va yosh yozuvchilar o‘zlarining yangi asarlarini taqdim etishdi. Tadbir kitobxonlar orasida bilim va ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi. Yarmarka kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishga ham katta hissa qo‘shdi.

Islohotlar amalda

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish bo‘lib o‘tdi.  Ushbu yig‘ilishda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga har doimgidan-da ko‘proq imtiyozlar berilib, shart-sharoitlar yaratilishi muhokama qilindi. "University of Business and Science"da prezidentimizning islohotlarini mantiqiy davomi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi, bolalar va talabalar doimiy tarzda moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab kelinadi. Jumladan,— har yili bir nechta ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning shartnoma pullari universitet tomonidan qoplab beriladi;— talabalar va ustozlar tomonidan saxovat va muruvvat uylariga, xonadonlarga borilib, moddiy yordam ko‘rsatishdan tashqari, turli ma’rifiy tadbirlar, spektakllar uyushtiriladi;— shuningdek, mavsumiy kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari ham vaqti-vaqti bilan yetkazib turiladi.Va ushbu ishlar kelgusida ham universitetimiz tomonidan izchil davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

HR menejment bo‘yicha 18 yillik tajribasi bor mutaxassisdan master-klass

Master-klass davomida talabalar muvaffaqiyatli karyera qurish sirlarini, zamonaviy HR menejmentning o‘ziga xosliklari va mehnat bozoridagi dolzarb yo‘nalishlar haqida qimmatli ma’lumotlar olishdi.Xegay Olga Olegovna o‘z bilim va tajribasi bilan bo‘lishib, talabalarni karyera yo‘nalishlarini aniqlashga ilhomlantirdi. Talabalar qanday bilim oldi?-       Karyera rejalashtirish va rivojlantirish bosqichlari;-       HR menejmentning talabalarga ta’siri. Bizning maqsadimiz — UBS talabalari uchun rivojlanish va karyera qurishda yo‘llar ochib berishdir.Uchrashuv ana shunday yuksak maqsad yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Kelgusida ham shunday mazmunli tadbirlarimiz davom etadi.

Raqamli iqtisodiyot istiqbollari: Akademik Gulomov talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Roza Shoeva boshchiligida tashkil etilgan tadbir doirasida ANR akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, TDAU huzuridagi “AKT iqtisodiyotini raqamlashtirish” ilmiy maktabi rahbari Gulomov Saidasror Saidahmedovich Iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida akademik raqamli iqtisodiyotning asosiy jihatlari, uning turli sohalarga ta’siri va raqamli transformatsiya davrida yosh mutaxassislar uchun imkoniyatlar haqida batafsil to‘xtalib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Dasturlash va sun’iy intellekt: cheksiz imkoniyatlar

 UBS IT bo‘limi rahbari Arslon Saidov sun’iy intellektning IT mutaxassislari uchun yaratayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar bu texnologiyalarni professional muvaffaqiyatga erishishda qanday qo‘lashni tushunib, u shunchaki ko‘ngilochar narsa emas, balki karyera o‘sishining real imkoniyati ekanligiga amin bo‘lishdi.Shuningdek, sun’iy intellektning dasturlash jarayonidagi ahamiyati, uning avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirishdagi roliga ham e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar, texnologiyaning o‘z sohalariga qanday integratsiya qilinishi mumkinligini muhokama qilib, yangi loyihalar va innovatsion yondashuvlar haqida fikr almashishdi.

"Adabiy tur va janrlar nazariyasi" — interaktiv dars

Filologiya va tillarni oʻqitish yo'nalishi 1-kurs talabalariga Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan "Adabiy tur va janrlar nazariyasi" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. -      O‘zbek tili va adabiyoti fani bo'yicha malakali o‘qituvchimiz Oybek Boyatov dars davomida talabalar bilan faol ishlab, turli adabiy asarlar misolida janrlar va ularning xususiyatlarini muhokama qildilar. O‘qituvchi o‘zining tajribasi va bilimlarini bo‘lishib, talabalarni o‘z fikrlarini bildirishga va adabiy asarlarni tahlil qilishga undadi. Interaktiv mashg‘ulotlar, guruhda muhokama va ijodiy vazifalar orqali talabalar adabiyot nazariyasi haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishdi. Bu dars nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham xizmat qildi.

Tibbiyot seminari

UBS tibbiyot yo‘nalishi o‘qituvchisi, doktor Burxanov Jasurjon Jamshid o‘g‘li talabalarga tibbiyot sohasida muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari haqida qimmatli maslahatlar beruvchi seminar o‘tkazdi. Seminar davomida u tibbiyot xodimining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tajriba orqali ko‘nikmalarini shakllantirish va qat’iyatli bo‘lishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.Shuningdek, doktor Burxanov tibbiyot sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lish uchun doimiy o‘rganish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Ishtirokchilar, shuningdek, ilmiy izlanishlar va amaliyotning muhimligini tushunib, o‘z kelajakdagi karyeralari uchun yangi maqsadlar belgilashdi.

O‘zbek tilini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lgani munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetida "Til va ta’lim: muammo va yechimlar" mavzusida talabalarning II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Anjumanda davlat tili va ta’limni rivojlantirish yuzasidan muhim yechimlar muhokama qilindi.Tadbirda UBS talabalari ham ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari va taqdimotlarini namoyish qildilar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, anjumanda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirish, davlat tilining ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surdilar. Konferensiya, tilni rivojlantirish va ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar va tadbirlarni tashkil etish uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Toshkentda yoshlar kelajagi masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi Toshkent shahrida "Dunyoqarashlar muloqoti: yoshlarning jamiyat kelajagiga munosabati" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni va ularning kelajakdagi rivojlanishidagi ahamiyatini yoritishga qaratilgan.Konferensiyada turli davlatlardan kelgan mutaxassislar, olimlar, yoshlar yetakchilari hamda ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ular yoshlarning zamonaviy jamiyatga qoʻshayotgan hissasi, o‘zaro muloqot va hamkorlik orqali rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilindi.Mazkur anjumanda UBS Toshkent filiali rahbari Shoeva Roza Ismailjanovna ham qatnashib, yoshlarga oid o‘z tajribasi va mulohazalarini o‘rtoqlashdi. U konferensiyada UBSning yosh avlodga ta’lim berish va ularni jamiyatning faol a’zolariga aylantirish yo‘lida olib borayotgan ishlarini taqdim etdi.

"From Fear to Fearless Speaking" mavzusidagi seminar

UBSda talabalar va yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan "From Fear to Fearless Speaking" mavzusidagi seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.Tadbir ishtirokchilari samarali ommaviy nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, sahna qo‘rquvini yengish va o‘z fikrlarini aniq hamda ishonchli yetkazish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Seminar davomida qatnashchilarga amaliy mashg‘ulotlar, psixologik yondashuvlar va kommunikatsion strategiyalar taqdim etilib, samarali nutq so‘zlash usullari o‘rgatildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, nutqni ishonchli va samarali tarzda taqdim etish uchun kerakli texnikalar va strategiyalarni amaliy ravishda sinab ko‘rishdi.Maqsad – yoshlar o‘z fikrlarini oson va ishonch bilan ifodalay olishlarini ta’minlash.

“Yoshlar va Qonun” tanlovida UBS talabasi gʻolib boʻldi!

2019-yildan buyon Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har yili “Yoshlar va Qonun” tanlovi oʻtkazib kelinadi.Tanlovning bu yilgi Respublika bosqichida poytaxt yoshlari jamoasi  ilk bor faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. G‘olib jamoa tarkibida “University of Business and Science”ning 1-kurs talabasi Yunusaliyev Muhammadjon Murodjonovich ham borligi bizni quvontiradi.-Ushbu g‘alaba bilan Muhammadjonni universitetimiz jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak marralarga erishishiga ishonchimiz komil!Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, bu esa ularga kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun katta turtki beradi. Muhammadjonning bu muvaffaqiyati barcha talabalarimizga ilhom bag‘ishlaydi va ularga o‘z maqsadlariga erishish uchun yanada ko‘proq harakat qilishga undaydi.

Shaxmat va shashka bahslari!

UBS Toshkentda aqliy salohiyatni namoyish etish va strategik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan ushbu musobaqalar har bir ishtirokchi uchun unutilmas tajriba bo‘ldi.  Musobaqaning maqsadi:— Talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;— Intellektual o‘yinlarni ommalashtirish;— Ishtirokchilarning strategik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.Shuningdek, musobaqa ishtirokchilariga nafaqat aqliy salohiyatlarini sinab ko‘rish, balki bir-birlari bilan tajriba almashish imkoniyatini ham taqdim etdi. Ushbu musobaqalar yoshlarni o‘zlarining analitik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini yanada mustahkamlashga undadi.

University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo