Koreyada amaliyot o‘tayotgan UBS talabalari chet el ustozlarining tajribasi va koreys madaniyatidan zavqlanib, ilm olishda zo‘r shijoat ko‘rsatishmoqda.Bu taʼlim shunchaki amaliyot bo‘lib qolmay, balki talabalarimizning o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlab, xalqaro aloqalar va qalin do‘stlikka asos soladi.
Prezidentimizning “Taʼlim – ilm-fan – sanoat” zanjirini yaratish hamda dunyoning eng nufuzli 50 universiteti bilan bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tashabbuslari yangi bosqichga koʻtarilmoqda.Xususan, University of Business and Science (UBS) rahbariyati va Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi hamkorlikda AQSHning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga tashrif buyurdi.Tashrif doirasida MIT vitse-prezidenti, dunyo miqyosida tan olingan olim professor Dimitris Bertsimas bilan muzokaralar oʻtkazildi. Unda kelasi yildan boshlab MIT tomonidan universitetimiz professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish hamda talabalar uchun Bootcamp (intensiv kurs) dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Mazkur hamkorlik doirasida talabalarimiz startap loyihalarini rivojlantirishda ko‘mak olish, MIT ilmiy-tadqiqot markazida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Taʼkidlash joizki, ushbu hamkorlik universitetimiz uchun nihoyatda foydali boʻlib, AQSH dasturlarini joriy etish, shuningdek, professor-oʻqituvchilarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri muhitini his qilish imkonini beruvchi mustahkam koʻprik vazifasini bajaradi.
Ushbu bayram munosabati bilan universitetimizning barcha binolarida bayramona ruh hukm surdi.Talabalarimiz aziz ustozlarini quvonchli kayfiyat, samimiy so‘zlar va iliq tabassumlar bilan kutib olishdi. Bu nafaqat bayramona tashabbus, balki ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorchilikning yaqqol ifodasidir.Ustoz – inson qalbiga ilm va ma’naviyat urug‘ini sochadigan, o‘z fidoyiligi bilan kelajak avlodni tarbiyalovchi eng ulug‘ zotdir. Bugungi tadbir esa ustoz va shogird o‘rtasidagi mehr-oqibat rishtalarining naqadar mustahkam ekanini ko‘rsatdi. Biz barcha ustozlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklaymiz!
Joriy yilning 13–18-oktabr kunlari University of Business and Sciences o‘qituvchilari Polshaning Vrotslav shahrida joylashgan Xalqaro Logistika va Transport Universitetida (IULT) bo‘lib, STA (Staff Mobility for Teaching Assignment) dasturi doirasida magistratura va bakalavriat talabalari uchun 16 soatlik ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradilar.Ushbu tashrif ErasmusProgram xalqaro akademik almashinuv loyihasi asosida tashkil etilgan bo'lib, dastur quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:Ta’lim sifatini oshirish;Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘zaro almashish;Universitetlararo hamkorlikni mustahkamlash;Talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish.Tashrif davomida o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarga amaliy bilimlar berib boradilar. Bu esa o'z navbatida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.IULTdagi amaliy mashg‘ulotlar — bu UBS o‘qituvchilarining bilim va tajribasi xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining amaliy isbotidir.Dastur doirasidagi tafsilotlar bilan rasmiy sahifalarimiz orqali ma'lumot berib boramiz.
14-oktabr kuni UBS, Xitoyning eng yirik xususiy ta’lim kompaniyalaridan biri — "Hope Education Group" vakillarini qabul qildi. Delegatsiyaga kompaniyaning xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Kivi Liang boshchilik qildi.Ma’lumot uchun: "Hope Education Group" tarkibida 27 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan 11 tasi universitet, 16 tasi kollej hisoblanadi. Kompaniya shuningdek Malayziya, Tailand, Vengriya va Belarusda joylashgan 4 ta xorijiy universitetni to‘liq sotib olgan. Bugungi kunda kompaniyada 300 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda, 17 ming nafardan ziyod xodimlar faoliyat yuritmoqda.Tashrif davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar:Talabalarni va o'qituvchilar almashinuv;Ilmiy tadqiqot va kadrlar mobilligi; Qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;Yangi fakultet tashkil etish tashabbuslari;Uchrashuvda UBS Universitet Kuzatuv Kengashi rais o'rinbosari Zufar Xurramov, xalqaro bo‘lim vakillari — Nematulla Zuvaydullayev va Jasur Isroilov ishtirok etib, delegatsiya bilan fikr almashdilar.UBS o‘zining ochiq muloqotga asoslangan yondashuvi va hamkorlikka tayyorligi bilan xalqaro ta’lim maydonida ishonchli hamkor sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin