UBS delegatsiyasi, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dr. Dilshod Xolmatov rahbarligida, Boku davlat universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Ma’lumot uchun: Boku davlat universiteti 1919-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Ozarbayjonning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. QS xalqaro reytingining 2025-yilgi natijalariga ko‘ra, universitet jahon miqyosida 688-o‘rinni egallagan.
Tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi:
— Talabalar uchun akademik mobillik dasturlari;
— Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun stajirovka va malaka oshirish kurslari;
— Ilmiy-amaliy konferensiyalarni muntazam tashkil etish;
— Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
— Xalqaro reytinglarda birgalikda ishtirok etish.
Bu uchrashuv — boshlanish. UBS jamoasini oldinda yanada kengroq hamkorlik, ilmiy almashinuv va aniq natijalarga yo‘naltirilgan tashabbuslar kutmoqda.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa