UBS delegatsiyasi Boku Biznes Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi. 33 yillik tajribaga ega Boku Biznes Universiteti Ozarbayjonning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, biznes va menejment sohasida drayver rolini o‘ynaydi.

Tashrif davomida UBS Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilshod Xolmatov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitet rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Ibad Musa o‘g‘li Abbasov boshchiligidagi rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida akademik mobillik, ilmiy loyihalar, qo‘shma ta’lim dasturlari va Erasmus+ kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi. O‘zaro ishonch va intilish asosidagi bu memorandum — UBS ta’lim taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab beradi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa