Xalqaro talabalar kuni
1747

Xalqaro talabalar kuni

Butun respublikamizda 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni yuqori shukuhda nishonlanmoqda.

Bizning UBSda ham ushbu kun haqiqiy ma’noda esda qolarli, hayajonlarga boy o‘tmoqda.

“Global Student's Wave” tadbiri ushbu fikrimizning isboti o‘laroq talabalarimizning ko‘nglidan joy oldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Negaki, ushbu tadbirdan taqdirlash marosimi, o‘zgacha raqslar, tibbiyot fakulteti talabalarining qasamyodi, QVZ va qiziqarli o‘yinlar o‘rin oldi.

Eng muhimi, bir semestrlik grantlar o‘z egalarini topdi. Grantlarni talabalarimizga UBS Toshkent filiali rahbari Roza Shoeva topshirdilar.

Bundan tashqari, tadbirda UBS Toshkent filialining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori Ravshanbek Xudayberganov hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektori Akmal Xayitov ham ishtirok etib, talabalarimizni bayram bilan qutlashdi.

Tibbiyot fakulteti talabalarining qasamyod marosimida Toshkent shahar qon preparatlari ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh vrachi, Tibbiyot fanlari doktori, Professor Zuhra Ibragimovna ham ishtirok etdi. Professor so‘zga chiqib, talabalarimizni ushbu muhim kun bilan tabriklab, tibbiyot sohasining yetuk kadrlari bo‘lib yetishishlarini tiladi.

G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston!

TAYINLOV

UBS OAVda

UBS va bitiruvchi talabalar viloyat hokimligi tomonidan taqdirlandi

Til oʻrganishda Ovropacha aytganda "level up" qilishni xohlaysizmi?

Inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiya — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchi

University of Business and Science: talabalar bandligi va muvaffaqiyatli karyera sari

"IT Community Roadshow" tafsilotlari

Sifatli ta’lim yo‘lida: o‘quv yili yakunlari va yangi maqsadlar muhokamasi

TAYINLOV

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish