Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Kelajak rejalari

Microsoft Excel Xalqaro Chempionati bo‘yicha seminar

23-aprel kuni UBS Toshkent filialida o‘z sohasining mutaxassisi, ekspert Shaxzod Sayfulla ishtirokida Microsoft Excel bo‘yicha xalqaro chempionatga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar musobaqa shartlari, qatnashish yo‘riqnomalari va tayyorgarlik bosqichlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.Shuningdek, seminar davomida:Chempionatga qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?Qanday mezonlar asosida saralash bo‘ladi?Xalqaro bosqichgacha qanday tayyorgarlik zarur? kabi savollarga ham ekspert tomonidan javoblar taqdim etildi.Bu seminar talabalar uchun nafaqat bilim, balki yangi imkoniyat va motivatsiya manbai ham bo‘ldi.

“Maktabgacha ta’lim – bolaning kelajagiga qo‘yilgan birinchi poydevor”

22-aprel kuni UBSning Toshkent filialida o‘tkazilgan seminar maktabgacha ta’limning tub mohiyati va farzand tarbiyasida muhim omillar mavzusiga bag‘ishlandi. Uchrashuv mehmoni — 15 yillik tajribaga ega xalqaro toifadagi ingliz tili o‘qituvchisi, mentor va ta’lim bo‘yicha malakali mutaxassis Aziza Kodirova bo‘ldi.“Bolaning miyasi 6 yoshgacha 90% rivojlanadi. Shu sababli, har bir so‘zimiz, har bir harakatimiz uning butun hayotiga asos bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidladi mutaxassis. Seminar davomida erta ta’limning psixologik, ijtimoiy va emotsional jihatlari chuqur tahlil qilindi, “Men seni eshitayapman”, “Sen buni uddalading” kabi ifodalarning tarbiyaviy kuchi misollar orqali tushuntirildi. Tadbirda UBS talabalari, o‘qituvchilari hamda tashrif buyurgan mehmonlar faol ishtirok etib, savollar yo‘llash, fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.Samimiy muhitda o‘tgan suhbat, ayniqsa, ta’lim sohasiga qiziquvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu uchrashuv maktabgacha ta’limga yangicha qarash, farzand tarbiyasida ongli yondashuvni shakllantirish sari muhim qadam bo‘ldi.

Chempionlik qonida bor, UBSLIK!

UBS Toshkent filiali Davolash ishi yo‘nalishi talabasi To'rayev A. 66 kg vazn bo'yicha dzyudo sportida respublika turnirining jahon chempionati saralash bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi!Ushbu talabamiz nafaqat sportdagi muvaffaqiyati, balki o'zining tadbirlarda tashabbuskorligi, qat'iyati va mehnatsevarligi bilan ham ajralib turadi. Universitet rahbariyati uning sportdagi yutuqlarini yuqori baholab, kelajakda yanada katta yutuqlarga erishishi uchun to'liq qo'llab-quvvatlashini bildirdi.Bu — faqat boshlanish!Yosh sportchimizdan kelgusida yanada ulkan g'alabalarni kutib qolamiz!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bilan uchrashuv

UBS Toshkent filialida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Go‘zal Samiyeva ishtirokida tashkil etilgan davra suhbati yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.Ushbu uchrashuv yoshlar ongida fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga nisbatan ongli va faol munosabat bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Ayniqsa, deputatning ochiq muloqotga tayyorligi, talabalar savollariga aniq va tushunarli javoblar berishi, ularning hayotiy va kasbiy yo‘nalishlarida mustahkam turtki bo‘ldi.UBS Toshkent filiali direktori Rozaxon Shoeva, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning 1- o'rinbosari Ravshanbek Xudoyberganov hamda professor-o'qituvchilar jamoasi deputatni samimiy kutib oldi va bu tashrifni nafaqat talabalarga, balki butun universitet jamoasi uchun katta sharaf va siyosiy mas’uliyat ekanligini e'tirof etishdi.

Talabalik davri eng yaxshi kitoblar bilan o‘tishi kerak

UBS Toshkent filialida foydali va qiziqarli kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.Yarmarkada turli janrdagi kitoblar: badiiy asarlar, ilmiy adabiyotlar, shaxsiy rivojlanish bo‘yicha kitoblar hamda bestsellerlar namoyish qilindi.Ishtirokchilar o‘zlariga yoqqan kitoblarni qulay narxlarda xarid qilishdi.

Talaba qizlar bilan uchrashuv

UBS Toshkent filiali direktori Rozaxon Shoeva universitetimiz talaba qizlari bilan uchrashuv o'tkazdi.Uchrashuv mazmuni asosan qizlarimizning universitetdagi talabalik hayoti, dars jarayonlari va ijtimoiy faolligi haqida bo'ldi.Shuningdek, ustoz o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, qizlarga o‘qish davomida foydali bo‘ladigan maslahatlari bilan bo‘lishdi.Qizlarimiz bu uchrashuvdan yaxshi taassurotlar olishdi.

“Sog‘liqni saqlash – TIHE 2025”ko‘rgazmasida

UBS Toshkent filiali talabalari "TIHE 2025" ko‘rgazmasida ishtirok etishdi va sog‘liqni saqlash sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.Toshkent xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi – TIHE zamonaviy O‘zbekistondagi ilk ko‘rgazma tadbirlaridan biridir. Ko‘rgazmada tibbiy uskunalar, diagnostika, farmatsevtika, reabilitatsiya, stomatologiya, laboratoriya texnologiyalari va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi yangiliklar taqdim etilmoqda.Siz ham sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi texnologiyalar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, ko’rgazmani o‘tkazib yubormang!

“Ayolning kuchi nimada?”

"UBS"ning Toshkent filiali kutubxonasida shoira va jurnalist Mehrinoz Abbosova bilan bo‘lgan uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi.Zulfiya mukofoti va “Shuhrat” medali sohibasi, yosh ijodkorlar ramzi bo‘lgan bu inson bilan o‘tgan suhbat ayollarning jamiyatdagi o‘rni, kuchi va hayotga bo‘lgan ijobiy ta’siri haqida teran tafakkurga boy bo‘ldi.Tadbir davomida talaba-qizlar, professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘lladilar. Savol-javoblar iliq muhitda, samimiy ohangda yakunlandi.Bu uchrashuv ko‘plab ayol-qizlarimiz uchun o‘z ustida ishlash, maqsad sari dadil qadam tashlash yo‘lida kuchli turtki bo‘la oldi.

Rahbariyat va guruh sardorlari o‘rtasida uchrashuv

16-aprel kuni rahbariyat va guruh sardorlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Rahbarimiz Rozaxon Shoeva sardorlarning takliflari va murojaatlarini diqqat bilan tinglab, o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, suhbat davomida muammolarga yechimlar ham taklif etilib, vazifalar taqsimlab berildi.

Yetakchi bo‘lish san’ati

Munozara klubi doirasida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rustambek Rasulov tomonidan “Oddiylikdan — yetakchilikgacha” mavzusida master klass tashkil etildi.Master klass talabalarga ilhom bag‘ishlab, ularni faol va mas’uliyatli yetakchi bo‘lishga chorladi.Keyingi master klass qatnashish istagida bo'lsangiz hoziroq Ijtimoiy-Gumanitar fanlar kafedrasiga murojaat qiling va "Munozara klubiga" qo'shiling.

UBS'da "Ochiq eshiklar kuni-2025"

"University of Business and Science" ning Toshkent filialida 11-sinf maktab bitiruvchilari uchun birinchi "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida o’quvchilar universitetimizning zamonaviy shart-sharoitlari bilan tanishib, ta’lim yo’nalishlari, yangi qabul doirasida abituriyentlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Shuningdek, tashkil etilgan pitsa bazmi va qiziqarli o‘yinlar maktab bitiruvchilarida katta taassurot qoldirdi, bu haqida esa albatta video orqali keyingi postlarimizda siz bilan ulashamiz.Qisqa qilib aytganda bir kun talabalikni his etib ko'rishdi. Sizni ham keyingi shanbada kutib qolamiz.

Tabiatni asrash burchimiz

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilmoqda.“Anhor Evolution” boshchiligida "Navro'z" bog’ida bo’lib o’tgan “Yashil makon” loyihasida UBS Toshkent filiali vakillari ham faol ishtirok etishdi.UBS Toshkent filiali rahbari Rozaxon Shoeva, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbarning 1-o‘rinbosari Ravshanbek Xudoyberganov, o‘quv ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Akmal Xayitov, moliyaviy ishlar bo'yicha rahbar o'rinbosari Azamat Abduraimov, kafedra mudirlari va bo'lim rahbarlari loyiha doirasida faol ishtirok etib, universitetimiz uchun belgilangan hududlarga ko'chatlar o'tqazishdi.

University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo