Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Kelajak rejalari

UBSda “Donorlik kuni” o’tkazildi

UBS Toshkent filialida “Donorlik kuni” bo‘lib o‘tdi. Rahbarimiz Rozaxon Shoeva boshchiligida professor-o'qituvchilar va talabalar donor sifatida qon topshirishdi.Bugungi aksiyada qatnashgan barcha donorlarga katta rahmat!Siz ham kimningdir qahramoniga aylanishingiz mumkin!Qon topshir – hayot in’om et!

UBS WORLD EDU EXPO2025 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi

Ko‘rgazma Samarqand viloyatida xalqaro va mahalliy oliy ta’lim muassasalari ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.Ta’lim ko‘rgazmasida ishtirokchilarga UBS ustozlari va xodimlari tomonidan talaba bo’lish imkoniyatlari va undan tashqari, Grantlar, stipendiyalar, vaucherlar hamda boshqa imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Amir Temur tavalludining 689 yilligi

9-aprel sanasida Yangihayot tumani 331-sonli umumta’lim maktabida sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 689 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Mazkur tadbirda "University of Business and Science" universiteti Toshkent filiali o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bekzod Mirzayev hamda axborot markazi xodimi Doniyor Pirmatov ham ishtirok etdi. Ustozimiz Bekzod Mirzayev tadbirda so‘zga chiqib, bunday tadbirlarning yoshlarimiz uchun ahamiyati va tarixni bilish o‘zlikni anglashga katta qadam ekanini ta’kidladi.

Behbudiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

8-aprel kuni “University of Business and Science” Toshkent filiali tomonidan “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlar harakatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Unda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiya boshligʻi, tarixchi olima Azizaxon Ahrorova, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo, adabiyotshunos olimlar Nurboy Jabborov, Hamidulla Boltaboyev, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining oʻrinbosari, atoqli tarixchi olima, fan doktori Dilnoza Jamolova va professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, talabalar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.Konferensiyada Behbudiy ijodi, jadidchilik g‘oyalari, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va zamonaviy ta’limdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.Tadbir UBSda ilm-fan rivoji, milliy merosga hurmat va yoshlarni ilmga yo‘naltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

UBS talabalari “Respublika bolalar kutubxonasi”da

Kutubxona xodimlari talabalarni samimiy qabul qildilar va kutubxonaning ichki sharoitlari bilan yaqindan tanishtirish uchun ekskursiya o‘tkazdilar.Talabalar ekskursiyadan katta taassurot olib, kutubxonaning zamonaviy sharoitlari va bolalar ta’limiga oid turli xil kitoblar bilan tanishishdi.

Deputat va yoshlar uchrashuvi

UBS Toshkent filialida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” doirasida “Agrar sohasini yanada rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida:— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Azizova Dilnoza Zaxitxonovna so‘zga chiqib, yurtimiz qishloq xo‘jaligi sohasida yigit-qizlarning o‘rni— Bugungi zamonaviy fermer qiyofasi hamda agrotadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar— Undan tashqari yosh fermerlarni ko‘pchilik tasavvur qilganidek, doim dalada loy kechib yuradigan yer egasi emas, balki 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan agrotadbirkor, mulkdor hamda fermer xo‘jaligi rahbari ekanini ta’kidlab o‘tdi.Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

"Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi

UBS Toshkent filialining talabalar yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talabalar uchun Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Musobaqada 6 ta jamoa bilimdonligi va zakovatini sinovdan o‘tkazib, turli sohalarga oid savollarga javob berishdi. Qizg‘in bahs va munozaralar bilan o‘tgan bellashuv natijalariga ko‘ra: 1-o‘rin “Zukkolar” jamoasi 2-o‘rin “Kelajak yuluduzlari” jamoasi 3-o‘rin “Olimlar” jamoasi G‘oliblar faxrli o‘rinlar bilan birga sertifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

"Zakovat" musobaqasi o’tkazildi

UBS Toshkent filialida Navro’z bayramiga bag’ishlangan "Zakovat" musobaqasi bo’lib o‘tdi.Sirtqi va kunduzgi ta’lim o’rtasida bo’lib o’tgan "Zakovat" natijalari quyidagicha:1-o'rin, In hyper cube jamoasi2-o'rin, узкий круг3-o'rin, WinnersUshbu tadbir nafaqat bilimni oshirish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlashga ham xizmat qildi.

Elektr energiyasini tejash tashabbusi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan, 25-mart kuni — “Yer vaqti” kuniga bagʻishlab maxsus aksiya o’tkazildi.Bu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan UBS Toshkent filiali rahbariyati ham elektr energiyasi bir soatga oʻchirdi. Ushbu tadbir energiya tejash va tabiiy resurslarni asrash maqsadida tashkil etildi.Tadbir davomida o’qituvchi va xodimlar energiya resurslarini tejashning ahamiyatini tushunib, ma’naviy va ijtimoiy mas’uliyatni his etishdi.

Cheer sporti turnirining ochilish marosimi

O‘zbekiston Cheer sporti va chirliding federatsiyasi tomonidan o’tkazilgan "Sport va raqs yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq xalqaro turnir"ining ochilish marosimida UBS Toshkent filiali rahbari ishtirok etdi.Shoeva Rozaxon Ismoiljonovna o’z nutqida sport va raqsning ahamiyatini ta’kidladi va yoshlarni ushbu sohalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.Shuningdek, ushbu turnir cheerliding va raqs sportining rivojiga katta hissa qo‘shishi haqida so’z bordi.

Bankda qanday muvaffaqiyatli karyera qilish mumkin?

Bugun Toshkent filialimizda ushbu savolning javobini topish uchun sohada 14 yillik tajribaga ega bo‘lgan moliyachi Sherzod Saydaliyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda bank sohasi, unda ishlash qiyinchiliklari va afzalliklari, biznes ochish va yuritish, shaxsiy rivojlanish va o‘z-o‘ziga investitsiya qilish kabi masalalar mutaxassis tomonidan qiziqarli misollar bilan tushuntirib berildi.O‘ylaymizki, ushbu uchrashuv talabalarimiz uchun manfaatli va foydali bo‘ldi.

Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!

Ijtimoiy-gumanitar va tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan TTJ (Talabalar turar joyi) uchun zarur texnika va jihozlar xarid qilinib talabalarga bayram tuhfasi sifatida topshirildi.Bunday ezgu ishlar talabalarimizning yanada qulay va zamonaviy sharoitlarda yashashlari uchun xizmat qiladi.Universitet jamoasiga tashakkur bildiramiz!

University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo