28–30-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-sonli qarori, 2023-yil 25-martdagi QQ-6-sonli qo‘shma qarori hamda 2025-yil 15-maydagi videoselektor yig‘ilishi bilan tasdiqlangan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “OTM yetakchilari forumi” tashkil etildi.Forum poytaxtimizdagi “Yoshlar oromgohi”da bo‘lib o‘tdi va unda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi. Mazkur forumda UBS Yoshlar Ittifoqi yetakchisi, Abror Rafiqov ishtirok etib, o‘zining ilg‘or tashabbuslari, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda taklif qilgan foydali loyihalari uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Universitet rahbariyati o‘zining yetakchi talabalaridan birini ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Ayni kunlarda University of Business and Science (UBS) rahbariyati Yaponiyaning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ta’kidlash joizki, bu tashrif joriy yil iyun oyida Yaponiyada erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir.Xususan, UBS ta’sischisi Omon Sultonov va Kuzatuv kengashi raisi professor Elyorjon Jumayev boshchiligidagi delegatsiyamizni Tsukuba universitetining global aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti professor Osamu Oneda, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va Global aloqalar bo‘limi vakillari samimiy kutib olishdi.Tsukuba universiteti rahbariyati tashrifni akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va institutlararo hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi. Shuningdek, 2025-yil kuzida UBS professor-o‘qituvchilarining ilk guruhi SPJES dasturi doirasida malaka oshirishi rejalashtirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Ma'lumot o'rnida Tsukuba Universiteti, Yaponiya va xalqaro miqyosda ham o‘z nufuziga ega:Dunyo reytingida (THE) TOP-350 talik;Universitet kattaligi bo‘yicha Yaponiyada 2-o‘rinda;Yaponiyadagi 800 dan ortiq universitet orasida 6-o‘rinni egallagan.
2025–2026 o‘quv yili oldidan University of Business and Scienceda professor-o‘qituvchilar hamda rahbariyat vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari, akademik rejalashtirish va kadrlar tarkibidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi.O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Sattarov o'z xohishiga ko‘ra kafedra professori lavozimiga o'tkazildi. Universitet jamoasi ustoz B.Sattarovga ko‘p yillik samarali mehnati, fidokorona xizmatlari va ta’lim sifatini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga Hamidullo Mirzaahmedov tayinlandi. Yig‘ilish davomida UBS jamoasiga yangi qo‘shilgan professor-o‘qituvchilar samimiy kutib olindi. Ularga ilmiy va pedagogik faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar tilandi.
University of Business and Science'da yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan universitetimizda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda UBS Universiteti rektori Karimjon Boymirzayev boshchiligida rahbariyat vakillari ishtirok etdi.Uchrashuv davomida rahbariyat vakillari yangi o‘quv yilida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi.Shuningdek, barcha talabalarni yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatli natijalarga erishish, o‘z ustida tinimsiz ishlash va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishga chorlab, ularga omad tilandi.
Bugun, Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Albukhoriy Xalqaro Universiteti (AIU) rektori, professor, doktor Mohd Saleh bin Jaafar boshchiligidagi delegatsiya "University of Business and Science"ning Toshkent filialiga rasmiy tashrif buyurdi.Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ilmiy-akademik almashinuvni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hamkorlik doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida malaka oshirish, stajirovka va tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ushbu tashabbuslarni to‘liq moliyaviy ta’minlash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.Maʼlumot uchun: AIU o‘z faoliyatida ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan, lekin bilim olishga chanqoq yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Universitetda hozirda 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan xalqaro talabalar tahsil olmoqda. Mazkur tashrif ikki universitet o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlab, yosh avlodga sifatli ta’lim va global tajriba olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Avvalroq, Albukhoriy Xalqaro Universiteti (AIU) rektori, professor, doktor Mohd Saleh bin Jaafar boshchiligidagi delegatsiya "University of Business and Science"ning Toshkent filialiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.Uchrashuv yakunida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:Malaka oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni tashkil etish; Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka hamda amaliyot imkoniyatlarini yaratish; Akademik va ilmiy tajriba almashish loyihalarini yo‘lga qo‘yish; Hamkorlik tashabbuslarini to‘liq moliyaviy ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish.Imzolangan memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish va talabalarga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Liderlik tasodif emas, balki maqsad sari mehnat, bilim va jamoaning yakdilligi natijasi ekanligini UBS isbotladi. Nodavlat ta’lim muassasalari rasmiy kanalining vakillari universitetimizni qatorasiga 2-bor "Eng yaxshi nodavlat oliygoh" deya eʼtirof etib, maxsus sovrinlarni shaxsan topshirish uchun UBS rahbariyati bilan uchrashdi. Bu shunchaki mukofot emas. Bu — minglab talabalar, ekspert va butun ta’lim hamjamiyati ishonchining belgisi.Shunday universitet talabasi bo‘lish uchun esa sizda hali imkoniyat bor, shoshiling!
Bugun, UBS universitetida 2025–2026-o‘quv yilining ilk Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yigʻilishda universitet rektori, professor Karimjon Boymirzayev boshchiligida ta’lim jarayonini takomillashtirish, akademik strategiyalarni belgilash va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilidagi ustuvor yo‘nalishlar, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish, hamda talabalarga qulay va samarali ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha rejalar kelishib olindi. Shuningdek, universitet tarkibidagi bir qator bo‘lim va fakultetlarga yangi rahbarlar tayinlanib, ularning oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Kengash qaroriga ko'ra:Xolmatov Dilshod Sattorjonovich — "University of Business and Science" ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. Xikmatov Baxrom Niymatullo o‘g‘li esa"University of Business and Science"ning Toshkent filialiga direktor etib tayinlandi. UBS jamoasi nomidan yangi lavozimga tayinlangan rahbarlarimizni samimiy tabriklaymiz va ularning mas’uliyatli ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bugun, University of Business and Science'ning Toshkent filialida, Zakovat intellektual o‘yinlarining yangi mavsumiga start berildi.Yangi mavsumning birinchi o‘ynida, sirtqi ta’lim talabalaridan tarkib 10 dan ortiq jamoa ishtirok etib, yakunda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:1-oʻrin “Yosh iqtisodchilar” jamoasi,2-oʻrin “Iqtisod 23/07” jamoasi,3-oʻrin “Iqtisodchilar 24/08” jamoalari deb topildi. Ularga maxsus sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.
"University of Business and Science" (UBS) oliygohi ta’sischisi Omon Sultonov, UBS Kuzatuv kengashi raisi, Prof. Elyorjon Jumayev hamda xalqaro reytinglarda yetakchi o‘rinlarni muntazam egallab kelayotgan ta’lim dargohi "Massachusetts Institute of Technology" (MIT) vitse-prezidenti, sun’iy intellekt va ta’lim bo’yicha mashhur olim Prof. Dimitris Bertsimas o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda UBS va MIT universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, endi UBS talabalari va professor-o‘qituvchilari MIT platformasidan foydalanishlari mumkin. Bu platformada zamonaviy ta'lim ko'nikmalarini o‘zida jamlagan qator kurslar mavjud.Shuningdek, kelajakda universitetimiz o‘quv dasturlari AQSh universiteti andozasi asosida takomillashtiriladi. Ta’kidlash lozim, ushbu uchrashuv UBSning xalqaro miqyosda integratsiyalashgan universitetga aylanishida muhim qadamlaridan biri hisoblanadi. Oldinroq universitetimiz va mazkur oliygoh vakillari o‘rtasidagi muzokaralar davomida UBSning 100 nafar professor-o‘qituvchilari MITning raqamli platformalari orqali malaka oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
"University of Business and Science" (UBS) hamda AQShning Chikago shahrida joylashgan, mamlakatdagi eng nufuzli muhandislik oliygohlaridan biri — Illinois Institute of Technology (IIT) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.Ushbu kelishuv asosida:UBS talabalari uchun diplomi AQSh va O‘zbekistonda tan olinadigan qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi;Muhandislik va biznes yo‘nalishlarida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;“Powered by IIT” kurslari UBS dasturlariga integratsiya qilinadi;Qisqa muddatli treninglar, tadqiqot amaliyotlari shuningdek, IT, sun’iy intellekt, muhandislik innovatsiyalari va xalqaro biznes sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi — "Startup Bootcamp" dasturlari bo‘lib, unda UBS talabalari IITning Chikagodagi kampusida o‘tkaziladigan amaliy treninglarda qatnashishadi.Bu esa ularga tadqiqot stajirovkalari orqali global innovatsiya hamda biznes ekotizimiga ulanish imkoniyatini yaratadi.Ta’kidlash lozim, oldinroq universitetimiz va mazkur oliygoh vakillari o‘rtasidagi muzokaralar davomida bakalavriat darajasidagi quyidagi shakllarda qo‘shma diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olingan edi:2+2 bakalavriat dasturlari (2 yil O'zbekistonda + 2 yil AQShda);3+1 bakalavriat dasturlari (3 yil O'zbekistonda + 1 yil AQShda);4+0 bakalavriat dasturlari (hamkorlik asosida UBSda);1+1 magistratura dasturlari (1 yil O'zbekistonda + 1 yil AQShda);2+0 magistratura dasturlari (hamkorlik asosida UBSda).
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin