Dastur haqida umumiy ma'lumotlar
Kadastr – bu yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulklar (uy, bino, inshoot) haqidagi huquqiy, texnik va iqtisodiy ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadigan muhim texnik va huquqiy yo‘nalishdir. Bu yo‘nalish yer resurslarini oqilona boshqarish, yerga bo‘lgan huquqlarni hujjatlashtirish, soliq va moliyaviy hisobotlarni yuritish, shuningdek, shaharsozlik va qishloq xo‘jaligida muhim rol o‘ynaydi.
Tugatgach ishlash mumkin bo‘lgan sohalar:
Yer resurslari va kadastr agentliklarida mutaxassis;
Geodeziya va topografiya korxonalarida injener;
Davlat soliq qo‘mitasida mol-mulk solig‘i baholovchisi;
Ko‘chmas mulk agentliklarida baholovchi yoki hujjatchi;
Shaharsozlik va arxitektura bo‘limlarida yer rejalashtiruvchi;
Fermer xo‘jaliklari, loyiha institutlari, qurilish tashkilotlarida yer bilan bog‘liq muhandislik ishlari bo‘yicha mas’ul.
O'rtacha oylik ish haqi: 5 million so‘mdan 25 million so‘mgacha
Kontrakt narxlari: 16,500,000 so‘m
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin