UBS professor-o‘qituvchilari Turkiyada malaka oshirdi
University of Business and Science delegatsiyasi Karabuk universitetida tashkil etilgan malaka oshirish darslarida ishtirok etdi. Ushbu ta’lim safarida ustozlarimiz ilg‘or pedagogik yondashuvlar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda o‘quv jarayonlarini boshqarish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.Dastur yakunida UBS professor-o‘qituvchilariga Karabuk universiteti tomonidan sertifikatlar topshirildi. Bu sertifikatlar ularning xalqaro tajribasini e’tirof etib, kelgusida ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.Safar davomida xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, UBS vakillari global akademik maydonda o‘z o‘rinlarini yanada kuchaytirishga muhim qadam qo‘ydi.