Dastur haqida umumiy ma'lumotlar
Materialshunoslik — bu turli materiallarning (metallar, qotishmalar, plastmassa, keramika, kompozitlar, biomateriallar va boshqalar) tuzilishini, fizik-kimyoviy xossalarini, ishlov berish texnologiyalarini va ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganadigan texnik fan sohasi hisoblanadi. Bu yo‘nalish zamonaviy sanoat, tibbiyot, qurilish, elektronika, aerokosmik texnologiyalar va harbiy texnikada qo‘llaniladigan yuqori samarali, bardoshli va ekologik toza materiallar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Tugatgach ishlash mumkin bo‘lgan sohalar:
Mashinasozlik va avtomobil sanoatida materiallar texnologi yoki muhandis;
Metallurgiya korxonalarida sinov laboratoriyasi mutaxassisi;
Qurilish sanoatida beton, keramika va kompozit materiallar bo‘yicha mutaxassis;
Elektronika va mikrotexnikada materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha injener;
Tibbiyotda biomateriallar ishlab chiqaruvchi korxonalarda muhandis;
Ilmiy-tadqiqot markazlarida ilmiy xodim yoki laboratoriya texnologi.
O'rtacha oylik ish haqi: 5 million so‘mdan 25 million so‘mgacha
Kontrakt narxlari: 16,500,000 so‘m
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin