+998 78 113 26 26

UBSLIKLAR blogi

Sana
Muallif

Jahonda eng ko‘p tanlanadigan taʼlim yo‘nalishlari qaysilar?

Jahonda eng ko‘p tanlanadigan taʼlim yo‘nalishlari qaysilar?

Globallashuv, texnologiyalar rivoji hamda iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi yoshlarni kasb tanlashda yanada masʼuliyatli qaror qabul qilishga undamoqda. Bugungi kunda talabalar taʼlim yo‘nalishini tanlashda nafaqat shaxsiy qiziqishlarini, balki mehnat bozori talabini, ish o‘rinlari barqarorligini va daromad potentsialini ham hisobga olishmoqda. Turli xalqaro manbalar, jumladan OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) maʼlumotlariga ko‘ra, jahonda talabalar orasida eng ko‘p tanlanadigan yo‘nalishlar quyidagilardir:

1. Biznes, boshqaruv va huquq

Ulushi: Jahonda 24–26 % talabalar ushbu yo‘nalishni tanlaydi.

Bu yo‘nalish moliya, marketing, menejment, logistika kabi ko‘plab sohalarda ish imkoniyatlarini taqdim etadi. Xalqaro miqyosda ishlash imkoniyati, yuqori daromad va martaba o‘sishi ko‘plab yoshlarni aynan shu sohani tanlashga undaydi. Statist maʼlumotiga ko‘ra, AQSHda 2023-yilda barcha talabalarning 19,4 foizi aynan ushbu yo‘nalishda tahsil olgan.

2. Muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish

Ulushi: 16–17 %

Texnologiya va sanoat rivojlanishi bilan bog‘liq sohalarda yaxshi to‘lanadigan ish o‘rinlari mavjudligi, innovatsiyalarga qiziqish ushbu yo‘nalishni ommalashtirmoqda. Project Atlas tahliliga ko‘ra, muhandislik yo‘nalishi xalqaro talabalar orasida doimo ikkinchi o‘rinni egallaydi.

3. Axborot texnologiyalari (ICT)

Ulushi: 6–7 %

Raqamlashtirish jarayonining tezlashuvi va yangi kasblarning paydo bo‘lishi (masalan, Data Science, Cybersecurity, Sunʼiy intellekt) ICT sohasini dunyo bo‘ylab tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biriga aylantirmoqda. QS reytingiga ko‘ra, ICT hozirda eng yuqori o‘sish surʼatiga ega yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

4. Tibbiyot va sog‘liqni saqlash

Ulushi: 14–15 %

Tibbiyot sohasi har doim yuqori talabga ega bo‘lib, barqaror ish o‘rinlari hamda jamiyatga xizmat qilish imkoniyati bilan mashhurdir. Statista maʼlumotiga ko‘ra, AQSHda 2023-yilda “Health Professions” yo‘nalishini tanlagan talabalar ulushi 12,6 % ni tashkil etgan.

5. Ijtimoiy fanlar, sanʼat va gumanitar fanlar

Ulushi: 13–14 %

Bu yo‘nalish tadqiqot, jurnalistika, diplomatiya kabi sohalarda faoliyat yuritishni istagan talabalar orasida mashhur. Shuningdek, yaratuvchanlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Ayniqsa Yevropa va Shimoliy Amerikada ushbu yo‘nalish katta talabga ega.

Yuqoridagi raqamlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy yoshlar nafaqat o‘z qiziqishlari, balki iqtisodiy barqarorlik va global imkoniyatlarni ham hisobga olib taʼlim yo‘nalishlarini tanlamoqda. Bu esa ularning kelajakda ish bozoriga moslashishiga yordam beradi.

Ushbu yo‘nalishlar nafaqat dunyo bo‘ylab mashhur, balki UBSda ham yuqori sifatda taqdim etilib, yosh avlodning kelajakdagi muvaffaqiyatiga mustahkam poydevor yaratmoqda. Har bir yo‘nalish xalqaro standartlarga muvofiq shakllantirilgan bo‘lib, talabalarga global imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Quyida ushbu yo'nalishlar bilan tanishing:

Biznes, boshqaruv va huquq

Muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish

Axborot texnologiyalari (ICT)

Tibbiyot va sog‘liqni saqlash

Ijtimoiy va gumanitar fanlar

Sanʼat

261

Tegishli maqolalar

Arxitektura: kelajakni loyihalovchi 10 ta kasb yo‘nalishi

Arxitektura: kelajakni loyihalovchi 10 ta kasb yo‘nalishi

Bugungi dunyoda arxitektura nafaqat binolarni qurish, balki jamiyat hayotini shakllantirish san’atiga aylangan. Texnologiya, ijod va ekologik mas’uliyat birlashgan holda, arxitektorlar shaharlar, uylar va jamoat joylarini yanada barqaror va estetik tarzda loyihalashmoqda. Aynan shuning uchun B.Arch (Arxitektura bakalavri) bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda.2027-yilga kelib arxitektura bozori qiymati 450 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu esa arxitektura sohasini tanlagan yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi.Quyida arxitektura bo‘yicha eng istiqbolli 10 ta kasb yo‘nalishi bilan tanishing:1. Arxitektura dizayneriBu mutaxassis binolar, inshootlar va muhandislik tizimlarini loyihalash bilan shug‘ullanadi. Ular mijoz talablariga mos keladigan chizmalar, eskizlar va konseptlar yaratadi.Ko‘nikmalar: AutoCAD, Revit, texnik chizmalar, ijodiy fikrlash.2. Shaharsoz (Urban Planner)Shaharsozlar zamonaviy shaharlarni rejalashtiradi. Ular transport tizimlari, jamoat joylari, yashash hududlari va sanoat zonalarini tartibga solish orqali shahar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladiKo‘nikmalar: GIS, ekologik rejalashtirish, siyosiy tahlil.3. Interyer dizayneriUlar turar-joy, ofis, mehmonxona va boshqa binolarning ichki ko‘rinishini loyihalab, makonning qulayligi va go‘zalligini oshiradi.Ko‘nikmalar: 3D vizualizatsiya, rang uyg‘unligi, mijoz bilan muloqot.4. Landshaft arxitektoriLandshaft arxitektorlari ochiq hududlarni — bog‘lar, parklar, xiyobonlar va yashil zonalarni — loyihalash bilan shug‘ullanadi.Ko‘nikmalar: Botanika, ekologiya, SketchUp.5. Arxitektura vizualizatsiya mutaxassisiLoyihalarni 3D formatda, virtual haqiqat (VR) yoki kengaytirilgan haqiqat (AR) orqali namoyish etadi. Bu mutaxassislar arxitektura g‘oyalarini real ko‘rinishda tasvirlab, mijozlar va investorlar uchun tushunarli taqdimotlar tayyorlaydi.Ko‘nikmalar: Blender, Lumion, V-Ray, AR/VR texnologiyalari.6. Kino va teatr uchun dekoratsiya dizayneriFilm va teatr sahnalari uchun dekoratsiyalar yaratadi. Bu kasb san’at va arxitektura uyg‘unligining yorqin namunasidir.Ko‘nikmalar: Sahna san’ati, yoritish, material tanlash.7. Ko‘chmas mulk rivojlantiruvchisiBu mutaxassis qurilish loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Ular turar-joy va tijorat binolarini rejalashtirib, bozor ehtiyojlariga mos keladigan loyihalarni yaratadilar.Ko‘nikmalar: Bozor tahlili, loyiha boshqaruvi, huquqiy bilimlar.8. Arxitektura jurnalistiArxitektura sohasidagi yangiliklar, tendensiyalar va muhim voqealarni ommaga yetkazadi.Ko‘nikmalar: Yozuv mahorati, arxitektura tarixi, zamonaviy trendlar.9. Barqaror arxitektorEnergiya tejamkor, ekologik toza va “yashil” binolarni loyihalashga ixtisoslashgan. Ular quyosh energiyasi, tabiiy shamollatish, suvni tejash kabi texnologiyalarni loyihalarga integratsiya qiladi.Ko‘nikmalar: Green Building sertifikatlari, quyosh energiyasi, aqlli uy dizayni.10. Mebel dizayneriZamonaviy, ergonomik mebellarni loyihalash orqali makon estetikasi va qulayligini oshiradi.Ko‘nikmalar: Sanoat dizayni, 3D prototiplash, qo‘l mehnati.Agar siz arxitektura sohasida o‘qishni davom ettirishni istasangiz, UBS sizga zamonaviy ta’lim, xalqaro tajriba va kuchli karyera imkoniyatlarini taqdim etadi. UBSda siz nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba, innovatsion va global loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.Arxitektura yo'nalishi — https://ubsu.uz/uz/education-single/arxitektura

UBSLIKLAR blogi — 10-09-2025
140
Energetika muhandisligi — kelajak yo'nalishi!

Energetika muhandisligi — kelajak yo'nalishi!

O‘zbekiston bugungi kunda energetika sohasida bir qator muhim muammolarga duch kelmoqda. Aholi sonining ortishi, sanoatning kengayishi va urbanizatsiya jarayonlari energiyaga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. Shu bilan birga, an’anaviy energiya manbalarining cheklanganligi, atrof-muhitga salbiy ta’siri va global iqlim o‘zgarishlari barqaror energiya siyosatini shakllantirish zaruratini tug‘dirmoqda.Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, energiya samaradorligining pastligi va qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish darajasining yetarli emasligi — bu muammolar nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki aholining turmush sifatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda energetika sohasini modernizatsiya qilish, ekologik toza va tejamkor energiya yechimlarini joriy etish dolzarb vazifalardan biridir. Bu esa zamonaviy bilimga ega, innovatsion fikrlaydigan va texnologik ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi.Quyida Energetika muhandisligi yo'nalishini tamomlagan mutaxassislar uchun talab yuqori bo'lgan 10 ta kasb haqida ma'lumot beramiz:Energetika muhandisiEnergetika muhandislari sanoat, infratuzilma va turar joy sektorlarida energiya tizimlarini loyihalash, qurish va nazorat qilish bilan shug‘ullanadilar.Vazirlik xodimlariEnergetika vazirligi yoki boshqa davlat idoralarida ishlovchi mutaxassislar energiya siyosatini ishlab chiqish, mavjud resurslarni nazorat qilish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadilar. Ular qonunchilik, strategik rejalashtirish va monitoring jarayonlarida ishtirok etadilar.Loyihalar bo'yicha menejerLoyiha menejerlari texnik guruhlar bilan hamkorlikda ish olib borib, loyiha jadvalini tuzadi, byudjetni nazorat qiladi va natijalarni baholaydi. Ular qurilish, modernizatsiya yoki energiya tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni muvofiqlashtiradilar.Energiya bo'yicha maslahatchiMaslahatchilar korxona yoki tashkilotlarga energiya samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va ekologik standartlarga moslashish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Ular energiya auditlari, texnik tahlillar va strategik rejalashtirish orqali mijozlarga individual yechimlar taklif etadilar.Energetika pudratchisiEnergetika pudratchilari qurilish va texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida energiya bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshiradilar. Ular materiallar ta’minoti, mehnat resurslari va texnik uskunalarni boshqarish orqali loyihaning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydilar. Bu kasb amaliy tajriba va menejerlik ko‘nikmalarini talab qiladi.Elektr energiyasi tadqiqotchisiIlmiy izlanishlar olib borish orqali elektr energiyasi sohasida innovatsiyalar yaratish — bu tadqiqotchilarning asosiy vazifasidir. Ular yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazadi, energiya ishlab chiqarish va saqlash usullarini takomillashtiradi hamda ilmiy maqolalar yozadi. Bu kasb akademik va texnik salohiyatni birlashtiradi.Energetika bo'yicha mutaxassisEnergiya iste’molini tahlil qilish, samaradorlikni baholash va yangi energiya tizimlarini ishlab chiqish — bu mutaxassislarning kundalik faoliyatidir. Ular sanoat, transport va kommunal xizmatlar sohalarida energiya tejamkorligini oshirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etadilar.Energiya menejeriEnergiya menejerlari tashkilotlarda energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Ular energiya xarajatlarini nazorat qiladi, tejamkor strategiyalarni ishlab chiqadi va ekologik standartlarga rioya qilinishini ta’minlaydi. Bu lavozim ko‘proq korporativ va sanoat muhitida talabgir.Energiya auditoriEnergiya auditorlari binolar, korxonalar va infratuzilma obyektlarida energiya samaradorligini baholaydi. Ular energiya yo‘qotishlarini aniqlaydi, tejamkorlik imkoniyatlarini ko‘rsatadi va hisobotlar tayyorlaydi. Bu kasb ekologik mas’uliyat va texnik tahlilni birlashtiradi.Energiya tadbirkoriQayta tiklanadigan energiya sohasida o‘z biznesini boshlash — bu eng innovatsion yo‘nalishlardan biridir. Tadbirkorlar quyosh, shamol yoki biogaz texnologiyalarini joriy etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratadilar va yashil iqtisodiyotga hissa qo‘shadilar. Bu kasb ijodkorlik, riskni boshqarish va texnik bilimni talab qiladi.Agar siz O‘zbekistonning energiya muammolariga yechim topishga, ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirishga va barqaror kelajakni qurishga hissa qo‘shishni istasangiz — UBS siz uchun eng to‘g‘ri tanlovdir.Yo'nalish: Energetika muhandisligi Telefon: +998555202626 Litsenziya (№ 733430)

UBSLIKLAR blogi — 02-09-2025
189
Biologiya yo'nalishi — tibbiyotdan marketinggacha

Biologiya yo'nalishi — tibbiyotdan marketinggacha

Aksariyat odamlar biologiyani eshitganda darhol laboratoriya, oq xalat va mikroskopni tasavvur qiladi. Ha, bu tasvir to‘g‘ri — lekin biologiya bundan ancha kengroq va qiziqarliroq soha! Agar siz biologiya bo‘yicha diplomga ega bo‘lsangiz, eshiklar faqat ilmiy tadqiqotlar bilan cheklanmaydi. Sog‘liqni saqlashdan tortib, marketinggacha, ta’limdan tortib, moliyaviy tahlilga qadar — biologiya sizni turli kasblarga yetaklashi mumkin.Keling, biologiya diplomining qanday kutilmagan yo‘llarga olib borishini birgalikda ko‘rib chiqamiz! 1. Laboratoriya qahramoni: biologik texnikAgar siz tajribalar o‘tkazishni, mikroskop ostida sirlarni ochishni yoqtirsangiz — biologik texnik bo‘lish siz uchun ideal start. Bu lavozim sizga ilmiy dunyoga kirish eshigini ochadi.Nimalar qilasiz? Namuna yig‘asiz, tajribalar o‘tkazasiz, natijalarni tahlil qilasiz. 2. Biokimyogar: kimyo va hayot o‘rtasidagi ko‘prikBiokimyogarlar organizmlarning ichki kimyoviy jarayonlarini o‘rganadi. Ular dorilarni yaratadi, oziq-ovqat xavfsizligini tekshiradi va biotexnologik innovatsiyalarga hissa qo‘shadi.Ish joylari: Farmatsevtika kompaniyalari, tadqiqot institutlari.3. Genetik maslahatchi: DNKni o‘qiydigan mutaxassisGenetik maslahatchilar odamlarning irsiy kasalliklarga moyilligini aniqlaydi. Ular bemorlar bilan muloqot qiladi, genetik xavflarni tushuntiradi.Ish joylari: Shifoxonalar, klinikalar, laboratoriyalar.4. Sog‘liqni saqlash kommunikatori: sog‘liq haqida gapirish san’atiSiz sog‘liqni saqlash kampaniyalarini olib borasiz, risolalar yozasiz, ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratasiz. Biologiya bilimlaringizni ommaga yetkazish — bu ham san’at!Ish joylari: NNTlar, sog‘liq markazlari, OAV.5. Sog'liqni saqlash bo'yicha ta'lim beruvchiSiz maktablarda, klinikalarda yoki jamoat joylarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilasiz. Chekishdan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik — sizning mavzularingiz.6. Farmatsevtika sotuvchisi: ilmiy savdo mutaxassisiSiz dorilar va tibbiy uskunalarni shifokorlarga tanitasiz. Bu kasbda biologiya bilimlari va savdo mahorati birlashadi.7. Shifokor assistentlari: tibbiyotga bir qadam yaqinBiologiya diplomidan so‘ng magistratura o‘qib, siz shifokor yordamchisi yoki hamshira mutaxassisi bo‘lishingiz mumkin. Bemorlar bilan ishlaysiz, davo choralarini belgilaysiz.8. Sog‘liqni saqlash menejeri: klinikani boshqaruvchiSiz sog‘liqni saqlash muassasasining ishini tashkil qilasiz. Byudjet, xodimlar, tibbiy standartlar — bular sizning nazoratingizda.9. Huquqshunos (Biologiyaga ixtisoslashgan)Biologiyadan keyin yuridik fakultetga o‘qisangiz, siz tibbiy xatoliklar, ekologik qonunlar yoki patent huquqlari bo‘yicha advokat bo‘lishingiz mumkin.10. Moliyaviy tahlilchi (Farmatsevtika va Biotexnologiyada)Siz ilmiy kompaniyalarning moliyaviy holatini tahlil qilasiz. Biologiya bilimlari sizga mahsulotlar va bozorni chuqur tushunishga yordam beradi.Biologiya diplomi sizni faqat laboratoriyaga emas, balki hayotning turli sohalariga olib boradi. Agar siz biologiyani nafaqat o‘rganmoqchi, balki uni hayotingizga tatbiq etmoqchi bo‘lsangiz, University of Business and Science siz uchun eng zamonaviy va talabgir yo‘nalishlarni taklif etadi. Bu yerda siz tibbiyot, biologiya, farmatsiya, biotibbiyot muhandisligi kabi sohalarda chuqur bilim olib, kelajakda jamiyatga foydali mutaxassisga aylanishingiz mumkin.

UBSLIKLAR blogi — 07-08-2025
371
Ivy Lee metodi: samarali kun uchun 6 qadam

Ivy Lee metodi: samarali kun uchun 6 qadam

1918-yilda amerikalik sanoat magnati Charles M. Schwab o‘z kompaniyasining samaradorligini oshirish maqsadida mashhur biznes maslahatchisi Ivy Lee bilan uchrashdi. Uchrashuv natijasida Schwab Ivy Lee metodini joriy etdi — bu oddiy, ammo kuchli yondashuv unga yiliga 1 million dollarlik foyda keltirdi. Bugungi kunda ham bu metod dunyo bo‘ylab eng samarali vaqtni boshqarish strategiyalaridan biri sifatida tan olinadi. Ivy Lee metodining 6 qoidasi:1. Kechqurun reja tuzing Har kuni kechqurun ertangi kun uchun eng muhim deb hisoblagan 6 ta vazifani yozib chiqing. Bu sizga ertalab nima bilan shug‘ullanishni aniq bilishga yordam beradi.2. Ertalab birinchi vazifadan boshlang Kun boshida ro‘yxatdagi birinchi vazifani bajara boshlang. Uni tugatmasdan boshqa ishga o‘tmaslikka harakat qiling. Bu diqqatni jamlashni kuchaytiradi.3. Ketma-ketlikda ishlang Har bir vazifani ro‘yxat tartibida bajaring. Tugallanmagan ishlar ustida ortiqcha vaqt sarflamasdan navbatdagisiga o‘ting.4. Tugallanmagan vazifalarni ertangi ro‘yxatga o‘tkazing. Agar kun oxirida ba’zi vazifalar tugallanmasa, ularni ertangi ro‘yxatga o‘tkazing. Bu sizga rejalaringizni moslashtirish imkonini beradi.5. Ustuvorlikni saqlang Doim eng muhim ishni tanlang. Bu metod sizni keraksiz chalg‘ituvchi omillardan himoya qiladi va eng muhim maqsadlarga e’tibor qaratishga yordam beradi.6. Har kuni takrorlang Bu oddiy amaliyotni har kuni davom ettiring. Tez orada siz o‘z vaqtni boshqarish ko‘nikmalaringizda sezilarli o‘sishni ko‘rasiz.Ivy Lee metodi — vaqtni boshqarish va ish unumdorligini oshirishga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biridir. Oddiy, ammo tizimli 6 qadam orqali kunlik vazifalarni rejalashtirish nafaqat chalg‘ituvchi omillarni kamaytiradi, balki diqqatni jamlash, stressni nazorat qilish va maqsadlarga aniq yo‘naltirilgan harakat qilish imkonini yaratadi.Ushbu metodni kundalik hayotga tatbiq etish orqali siz shaxsiy va professional rivojlanishingizda sezilarli natijalarga erishishingiz mumkin.

UBSLIKLAR blogi — 06-08-2025
230
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo