+998 78 113 26 26

UBSLIKLAR blogi

Sana
Muallif

Kasb tanlashdagi 5 ta afsona

1.BIR UMRGA BITTA KASB TANLASH KERAK

9-sinfda bizni bitta kasb tanlashga majburlashgani esimda. O'shanda men "Marketing" yo'nalishini tanlagandim.

U paytda bu tanlov butun hayotimga ta'sir qiladi, deb o'ylagandim. Ammo aslida, so'nggi 5 yil ichida 150 dan ortiq yangi kasblar paydo bo‘ldi, ularning borligini o'sha vaqtda tasavvur ham qilmagandim. Masalan, men bolaligimda Product Manager degan kasb borligini ham bilmasdim. 

2.KORPORATIV QULLIK AFSONASI

Ko'pchilik o'z biznesini qilish baxtliroq bo'lishga olib keladi, deb o'ylaydi. Ammo aslida, eng ko'p charchash va stress (burnout) aynan tadbirkorlikda uchraydi.

Qayerda ishlashingizdan qat'i nazar, ish tanlash va sharoitlarni belgilashda tanlovni faqat siz qilasiz, ish beruvchi emas.

3.AVVAL KASB TANLASH, KEYIN ISH BOSHLASH KERAK

Aslida esa, birinchi navbatda kasbni sinab ko'rish kerak. Ushbu sohaga qiziqqan odamlar jamiyatiga qo'shilib, tajriba to'plash va dastlabki qadamlarni tashlash lozim. Shundan keyingina ushbu kasbni tanlash yoki boshqa yo'nalishga o'tishga qaror qilsangiz bo‘ladi.

4.QIZIQISH PUL OLIB KELMAYDI

Aslida esa, uzoq muddat davomida faqat o'zingizga yoqadigan ishni qilishingiz mumkin. Har qanday ishning 80 foizi odatiy va takrorlanadigan vazifalardan (rutinadan) iborat bo'lib, ular sizga zavq bag'ishlashi kerak. Biror sohada uzoq vaqt ishlasangiz, o'z sohangizda professional bo'lasiz. Professional darajadagi mutaxassislar esa yaxshi daromad topadi.

5.FAQAT IT VA DASTURLASHDA KATTA PUL BOR

IT sohasidagi eng katta daromadni muvaffaqiyatli asoschilar, investorlar va ularning yaqinlari topishadi. Dasturchilar orasida esa, faqatgina muammolarni zavq bilan hal qiladigan va kod yozishni sevganlar yaxshi maosh olishadi.

O'rtamiyona dasturchilarga esa ko'p pul to‘lanmaydi.

©️ Samira Latipova

214

Tegishli maqolalar

IT yo'nalishida sizga mos 19 ta kasb

IT yo'nalishida sizga mos 19 ta kasb

Agar siz IT bo‘yicha o‘qimoqchi bo‘lsangiz yoki endigina diplomni qo‘lga olgan bo‘lsangiz, tabriklaymiz — siz eng tez rivojlanayotgan, eng ko‘p haq to‘lanadigan va eng talabgor sohalardan birining eshigini ochdingiz. Axborot texnologiyalari hozirgi zamonning yuragidir. Har bir kompaniya, har bir tizim, hatto har bir foydalanuvchi unga muhtoj.Ammo savol tug‘iladi: IT darajasi sizga aynan qanday ish eshiklarini ochadi? Qanday yo‘nalish sizga mos?Quyidagi ro‘yxat IT bo‘yicha eng dolzarb va talab yuqori bo‘lgan kasblarni jamlagan. 1. Yordamchi xizmat (Help Desk) tahlilchisi Mijozlar muammolarini hal qiladi. Bu pozitsiya ko‘pincha IT karerangizdagi birinchi qadam bo‘ladi.2. IT qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi Kompyuterlar, printerlar, dasturlar... biror narsa ishlamay qolsa, ular muammoni topadi va tuzatadi.3. Sifatni nazorat qiluvchi testchi (QA Tester) Dasturda xatolik bormi? Siz test qilib, nosozliklarni aniqlaysiz.4. Kompyuter kriminalistikasi tahlilchisi Kiberjinoyatlarni fosh qilasiz. Dalillarni tiklab, jinoyatchilarni topishga yordam berasiz.5. Ma’lumotlar tahlilchisi Raqamlar sizga gapiradi. Siz ularni tahlil qilib, kompaniyaga foydali qarorlar qabul qilishda yordam berasiz.6. Veb dasturchi Siz ko‘rayotgan har bir veb-sayt ortida shunday dasturchi turadi.7. Tizimlar administratori Serverlar, kompyuterlar, tarmoqlar – bularning barchasi ularning qo‘lida ishlaydi.8. IT tadqiqotchisi Texnologik muammolarni aniqlab, innovatsion yechimlar topasiz.9. Ilova ishlab chiquvchi Mobil ilovalardan kompyuter dasturlarigacha — siz hammasini yaratishingiz mumkin.10. Xavfsizlik tahlilchisi (Cybersecurity analyst) Kiberxavfsizlik — bu XXI asr qalqoni. Siz tizimlarni himoya qilasiz.11. Ma’lumotlar bazasi administratori Ma’lumotlar — zamonaviy olamning oltini. Siz ularni boshqarasiz.12. Biznes tahlilchisi (BI analyst) Strategik fikrlovchisiz. Siz kompaniya qarorlariga yo‘l ko‘rsatasiz.13. UX dizayneri Foydalanuvchi dasturdan mamnunmi? Bu sizning dizayningizga bog‘liq.14. Tarmoq muhandisi Katta korxonalarning interneti, server aloqalari — bu sizning ishingiz.15. Dasturiy ta’minot muhandisi Siz asosiy kodni yozasiz. Dasturlar sizning yordamingiz bilan ishlaydi.16. Bulut muhandisi (Cloud Engineer) Dasturlar va fayllar “bulutda” saqlanadi. Siz esa ularni boshqarasiz.17. IT arxitektSiz kompaniya IT infratuzilmasini loyihalashtirasiz — puxta va xavfsiz.18. Dasturiy arxitektYirik dastur loyihalarini boshqarasiz. Siz muhandislar jamoasiga yo‘nalish berasiz.19. Bosh texnologiya direktori (CTO) Bu texnologiyalar bo‘yicha eng yuqori lavozim. Siz butun kompaniyaning IT strategiyasini belgilaysiz.IT sohasi — bu to‘xtovsiz harakatda bo‘lgan poyezd. Unda harakat qilish uchun bilim, tajriba kerak. Diplom sizga chiptani beradi, lekin mashinist bo‘lish — sizning qo‘lingizda.Agar siz o'zingizni kelajakda shu kasb egasi sifatida tasavvur qilsangiz UBSdagi quyidagi yo’nalishlarga hujjat topshiring.IT yo’nalishlari:— Axborot tizimlari va texnologiyalari — Axborot xavfsizligi— Kompyuter injiniringiEng asosiysi: IT darajasi — bu yuqori maoshli ishlar sari yo‘l!

UBSLIKLAR blogi — 29-07-2025
23
Moliya yo'nalishidagi eng yaxshi 10 ta kasb

Moliya yo'nalishidagi eng yaxshi 10 ta kasb

Siz raqamlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, investitsiya vositalari, aksiyalar yoki moliyaviy bozorlar sizga qiziq bo‘lsa, moliya sohasida ishlash siz uchun ajoyib tanlov bo‘lishi mumkin. Moliya sohasi ko‘plab yuqori maoshli, barqaror va intellektual kasblarni taklif qiladi.Quyida moliya bo‘yicha o‘qigan yoki o‘qiyotganlar uchun eng yaxshi kasblarni ko‘rib chiqamiz:1. Moliyaviy rejalashtiruvchiOdamlarga pullarini qanday to‘g‘ri boshqarishni o‘rgatadi. Jamg‘arma, investitsiya, pensiya hammaga kerak!2. Moliyaviy tahlilchiKompaniyalar, aksiyalar va obligatsiyalarni tahlil qilish, investitsiya tavsiyalarini beradi.3. Investorlar bilan aloqalar mutaxassisiInvestorlar uchun moliyaviy hisobotlar tayyorlab, kompaniya moliyaviy ko‘rsatkichlarini taqdim etadi.4. Byudjet tahlilchisiLoyihalar va tashkilotlar uchun byudjet tuzadi, xarajatlarni nazorat qiladi.5. Aktuar (Risklarni baholovchi mutaxassis)Xavflarni raqamlar orqali oldindan biladi. Sug‘urta va moliyaviy prognozlar — ularning ishi.6. BuxgalterMoliyaviy hisobotlar tayyorlab, soliqlar va ichki audit ishlari bilan shug‘ullanadi.7. Kredit tahlilchisiMijozlar yoki kompaniyalarning kredit to‘lash qobiliyatini baholaydi.8. Moliyaviy yuristVazifasi: Moliya va biznesga oid yuridik hujjatlarni ishlab chiqadi va tahlil qiladi.9. Tijorat ko‘chmas mulk agentlariOfislar, savdo markazlari va boshqa tijorat binolarini sotadi yoki ijaraga beradi.10. Biznes o'qituvchisiMaktab yoki kollejda moliya, iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslarini o‘rgatadi.Nima uchun moliya sohasini tanlash kerak?Moliya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar biznes muammolarini tahlil qilish, moliyaviy holatni baholash, Excel va boshqa moliyaviy dasturlarda ishlash kabi muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Bu ko‘nikmalar esa turli kasblarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga yordam beradi.Agar siz moliyaviy savodxonlikni chuqur o‘rganmoqchi bo'lsangiz UBSdagi Iqtisodiyot fakultetining "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" yo'nalishiga hujjat topshiring.

83
HRdan PRgacha: Psixologiya yo'nalishida o'qiganlar qayerda i

HRdan PRgacha: Psixologiya yo'nalishida o'qiganlar qayerda ishlaydi?

Psixologiya — inson xulq-atvori, his-tuyg‘ulari va ong faoliyatini o‘rganadigan fan. Bu bilimlar nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki kasbiy hayotda ham juda muhim. Psixologiya bo‘yicha diplom nafaqat bir yo‘nalishga, balki turli sohalarga kirish uchun kalit bo‘lib xizmat qiladi. Quyida siz ushbu diplom asosida ishlashingiz mumkin bo‘lgan eng istiqbolli kasblar haqida keng ma’lumot beramiz. Kadrlar bo‘yicha mutaxassis: HRHR mutaxassisi ishga qabul qilish, jamoada hamkorlikni mustahkamlash va ishchilar salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Psixologik bilimlar inson salohiyatini baholash, ish motivatsiyasi va muloqot madaniyatini rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi.Ijtimoiy himoya mutaxassisiBu mutaxassislar ijtimoiy muammolarga duch kelgan insonlar bilan ishlashadi: ruhiy, iqtisodiy yoki huquqiy muammolarni hal qilishda yordamlashadi. Psixologiya fanidan olingan bilimlar — hissiy holatlarni tushunish, stress bilan kurashish, va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish — bu kasbning tayanchidir.Klinik psixologRuhiy kasalliklarni aniqlash va davolash, terapiya olib borish — bu sohaning asosiy vazifalari. Psixologiya fanidagi ilmiy metodlar klinik tashxis qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir insonga individual yondashish bu sohada muhim shart.PsixoterapevtPsixoterapevtlar odamlarning ichki ziddiyatlari, tushkunlik holatlari yoki hayotdagi qiyinchiliklarini tushunishga va yengishga yordam beradilar. Bu soha chuqur hissiy va kognitiv bilimlarni talab qiladi.SotuvchiIste’molchilarning xatti-harakatlarini, qaror qabul qilish jarayonini va brendlar bilan o‘zaro munosabatini o‘rganish – bu kasbning asosidir. Psixologik yondashuvlar mahsulotlarni joylashtirish strategiyalarida katta rol o‘ynaydi.PR MutaxassisiOmmaviy axborot bilan ishlash, brend imijini shakllantirish, auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish — PR mutaxassisining asosiy maqsadi. Psixologik bilimlar bu sohada ta’sirchan kontent yaratishda va odamlar xotirasida iz qoldirishda katta yordam beradi.YuristHuquqshunoslik psixologik bilimlar bilan uyg‘unlashganda ijtimoiy ziddiyatlarni yechishda, inson huquqlarini himoya qilishda va ijtimoiy munosabatlarni tushunishda yangi imkoniyatlar yaratadi.Psixologiya bo'yicha diplom olish sizga turli kasblarga eshik ochadi. Sizning bilimlaringiz va ko'nikmalaringizni turli sohalarda qo'llash orqali nafaqat muvaffaqiyatga erishasiz, balki odamlar hayotini ham yaxshilaysiz. Kasb tanlashda o'z qiziqishlaringizni, qadriyatlaringizni va bilimlaringizni hisobga olish juda muhim. Hamma joyda psixologiya mutaxassislariga ehtiyoj bor, shuning uchun o'zingizni qiziqtirgan sohani tanlab, kelajakda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin!Agar siz ham psixologiya sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘lib, jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, University of Business and Science ning Psixologiya yo‘nalishiga o‘qishga topshirishingizni tavsiya etamiz. Bu sizning professional va shaxsiy rivojlanishingiz uchun muhim qadam bo‘ladi.

UBSLIKLAR blogi — 16-07-2025
38
Jahonda eng ko‘p tanlanadigan taʼlim yo‘nalishlari qaysilar?

Jahonda eng ko‘p tanlanadigan taʼlim yo‘nalishlari qaysilar?

Globallashuv, texnologiyalar rivoji hamda iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi yoshlarni kasb tanlashda yanada masʼuliyatli qaror qabul qilishga undamoqda. Bugungi kunda talabalar taʼlim yo‘nalishini tanlashda nafaqat shaxsiy qiziqishlarini, balki mehnat bozori talabini, ish o‘rinlari barqarorligini va daromad potentsialini ham hisobga olishmoqda. Turli xalqaro manbalar, jumladan OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) maʼlumotlariga ko‘ra, jahonda talabalar orasida eng ko‘p tanlanadigan yo‘nalishlar quyidagilardir:1. Biznes, boshqaruv va huquqUlushi: Jahonda 24–26 % talabalar ushbu yo‘nalishni tanlaydi.Bu yo‘nalish moliya, marketing, menejment, logistika kabi ko‘plab sohalarda ish imkoniyatlarini taqdim etadi. Xalqaro miqyosda ishlash imkoniyati, yuqori daromad va martaba o‘sishi ko‘plab yoshlarni aynan shu sohani tanlashga undaydi. Statist maʼlumotiga ko‘ra, AQSHda 2023-yilda barcha talabalarning 19,4 foizi aynan ushbu yo‘nalishda tahsil olgan.2. Muhandislik, ishlab chiqarish va qurilishUlushi: 16–17 %Texnologiya va sanoat rivojlanishi bilan bog‘liq sohalarda yaxshi to‘lanadigan ish o‘rinlari mavjudligi, innovatsiyalarga qiziqish ushbu yo‘nalishni ommalashtirmoqda. Project Atlas tahliliga ko‘ra, muhandislik yo‘nalishi xalqaro talabalar orasida doimo ikkinchi o‘rinni egallaydi.3. Axborot texnologiyalari (ICT)Ulushi: 6–7 %Raqamlashtirish jarayonining tezlashuvi va yangi kasblarning paydo bo‘lishi (masalan, Data Science, Cybersecurity, Sunʼiy intellekt) ICT sohasini dunyo bo‘ylab tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biriga aylantirmoqda. QS reytingiga ko‘ra, ICT hozirda eng yuqori o‘sish surʼatiga ega yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.4. Tibbiyot va sog‘liqni saqlashUlushi: 14–15 %Tibbiyot sohasi har doim yuqori talabga ega bo‘lib, barqaror ish o‘rinlari hamda jamiyatga xizmat qilish imkoniyati bilan mashhurdir. Statista maʼlumotiga ko‘ra, AQSHda 2023-yilda “Health Professions” yo‘nalishini tanlagan talabalar ulushi 12,6 % ni tashkil etgan.5. Ijtimoiy fanlar, sanʼat va gumanitar fanlarUlushi: 13–14 %Bu yo‘nalish tadqiqot, jurnalistika, diplomatiya kabi sohalarda faoliyat yuritishni istagan talabalar orasida mashhur. Shuningdek, yaratuvchanlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Ayniqsa Yevropa va Shimoliy Amerikada ushbu yo‘nalish katta talabga ega.Yuqoridagi raqamlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy yoshlar nafaqat o‘z qiziqishlari, balki iqtisodiy barqarorlik va global imkoniyatlarni ham hisobga olib taʼlim yo‘nalishlarini tanlamoqda. Bu esa ularning kelajakda ish bozoriga moslashishiga yordam beradi.Ushbu yo‘nalishlar nafaqat dunyo bo‘ylab mashhur, balki UBSda ham yuqori sifatda taqdim etilib, yosh avlodning kelajakdagi muvaffaqiyatiga mustahkam poydevor yaratmoqda. Har bir yo‘nalish xalqaro standartlarga muvofiq shakllantirilgan bo‘lib, talabalarga global imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Quyida ushbu yo'nalishlar bilan tanishing:Biznes, boshqaruv va huquq Muhandislik, ishlab chiqarish va qurilishAxborot texnologiyalari (ICT)Tibbiyot va sog‘liqni saqlashIjtimoiy va gumanitar fanlar Sanʼat

UBSLIKLAR blogi — 14-07-2025
38
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo