UBSLIKLAR blogi

Sana
Muallif

UBS’da yangi o‘quv yili uchun qabul boshlandi

University of Business and Science (UBS) — Oʻzbekistondagi ilgʻor ta’lim  muassasalaridan biri sifatida yildan yilga xalqaro maydonda oʻz mavqeyini oshirib kelmoqda. Oliygohda 2026-2027-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

Yutuq va e’tirof

UBS qisqa muddat ichida ta’lim sifati va innovatsiyalar borasida yuksak natijalarni qayd etdi:

Zamonaviy kampuslar va yotoqxonalar  

UBS oltita zamonaviy kampusga ega boʻlib, ularning toʻrttasi Namangan viloyatida, ikkitasi esa Toshkent shahrida joylashgan.
Talabalar uchun qulay va zamonaviy yotoqxonalarning mavjudligi oʻquv jarayonini yanada samarali oʻtishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, Namanganda
“UBS Hospital” ham tashkil etilmoqda. Klinikani xalqaro standartlar asosida yoʻlga qoʻyish hamda tibbiyot yoʻnalishi talabalari uchun zamonaviy amaliyot bazasini yaratish maqsadida bir qancha xorijiy davlatlar, xususan, Turkiyaning "Emsey Hospital" klinikasi bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. 

Bugungi kunda universitetda:

Talabalar uchun grant, stipendiya va imtiyozlar 

Yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida, o‘quv yili davomida yuqori baholarga ega bo‘lgan talabalar uchun bir semestrlik grantlar ajratiladi. 

Har bir semestr yakunida imtihon natijalariga ko‘ra eng yaxshi talabalar bepul o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. Bugungi kunga qadar 1 000 dan ortiq talaba ushbu imtiyozdan foydalangan.  

IELTS, CEFR yoki Milliy sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lash uchun chegirma va stipendiyalar taqdim etiladi. 

Bilim va salohiyati yuqori yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 oʻquv yili davomida umumiy hisobda 3 mln soʻm to‘lanadigan stipendiyalar joriy qilingan. 

UBS ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanib, kam ta’minlangan oila farzandlari hamda ayol-qizlar uchun alohida imtiyozlarni taqdim etadi. Bu tashabbus jamiyatning barcha qatlamlaridan bo‘lgan iqtidorli yoshlarga teng imkoniyat yaratishga qaratilgan. 

Talabalar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Friends” va “Family”  dasturlari ham joriy etilgan:
“Friends” dasturi asosida sinfdoshingiz bilan birga o‘qisangiz, kontrakt to‘loviga
10% chegirma taqdim etiladi.
“Family” dasturi orqali aka-uka, opa-singil yoki turmush o‘rtog‘ingiz bilan ta’lim olsangiz ham
10% chegirma beriladi.

Xalqaro hamkorlik va ta’lim dasturlari  

UBS universiteti dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. 

Xususan, Amerika, Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya, Malayziya, Italiya, Vengriya, Germaniya va Ozarbayjon kabi davlatlardagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Janubiy Koreyaning
TOP universitetlar qatorida turuvchi Sejong, Kyungdong oliygohlari bilan qo‘shma ta’lim va amaliyot dasturlari  yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, iqtidorli talabalar Koreya Respublikasida o‘qishlarini davom ettirishi mumkin.  

Kelishuv faqat talabalargagina emas, balki professor-o‘qituvchilarga ham qisqa muddatli amaliyotlar va malaka oshirish imkoniyatlarini bermoqda. Bunga misol tariqasida Turkiyaning Karabuk universiteti hamda Malta davlati universitetida amalga oshirilgan amaliyot dasturlarini keltirish mumkin. Ushbu darslar orqali UBS ustozlari zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va o‘quv jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha qimmatli tajribalarga ega bo‘ldi.   

UBS vakillari global akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida dunyoning eng nufuzli oliygohlari, “Harvard University”, “Massachusets Institute of Technology” (MIT) hamda AQShning TOP-5 muhandislik universitetlari qatoriga kiruvchi “Illinois Institute of Technology” bilan talaba va o‘qituvchilar uchun qo‘shma dastur va amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik olib borilmoqda. UBSʼda MIT ta’lim andazasi asosida o‘quv dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali jahon miqyosida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratilmoqda. 

Shuningdek, dunyo reytingida (THE) TOP-350 talikka kiradigan Yaponiyaning Tsukuba universiteti bilan ikki tomonlama almashinuv dasturlari va suniy intellektni talimga integratsiya qilish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda. 

Qolaversa, UBS delegatsiyasi shu yilning oʻzida Turkiyaning Emsey shifoxonasi, shuningdek Yeditepe, Beykent va Biruni universitetlari bilan ham hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.  

Malayziyaning Universiti Utara Malaysia, Indoneziyaning Universitas Pendidikan Indonesia, Yangi Zelandiyaning University of Otago, Mindanao State University va Universiti Perguruan Ugama Seri Begawan hamda Italiyaning Don Tonino Bello universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. 

Bundan tashqari, UBS talabalari Malayziyadagi INTI, SEGI, UPSI hamda Vengriyadagi Wekerle universitetlarida qisqa amaliyot dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro sertifikatga ega boʻldi. . 

Diplomdan ishgacha — UBS siz bilan!   

University of Business and Science (UBS) o‘z bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash maqsadida Karera markazini tashkil etdi. Ushbu markaz talabalar va bitiruvchilarga ishga joylashish, amaliyot o‘tash hamda malaka oshirish bo‘yicha zarur ko‘mak va imkoniyatlar taqdim etadi.

Mazkur tashabbus doirasida Toshkent shahri hamda vodiy bo‘ylab UBS Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Natijada talabalarning 90–95 foizi amaliyotga qabul qilinib, ish bilan ta’minlandi. Bu esa yoshlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratish borasidagi sa’y-harakatlar samarasidir.

Xalqaro konferensiyalar 

So‘nggi yillarda UBS universiteti ilm-fan va xalqaro hamkorlik yo‘nalishiga jiddiy e’tibor qaratib, akademik hamjamiyatda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. 2024-2026 o‘quv yili davomida universitet tomonidan 10 dan ortiq xalqaro va mahalliy ilmiy konferensiyalar muvaffaqiyatli tarzda tashkil etildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar 20 dan ziyod nufuzli xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda faol ishtirok etdi.  

Universitet olimlari tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar Q1-Q2 reytingli, ya’ni dunyoning eng nufuzli ilmiy jurnallarida e’lon qilindi.

Q1 (1-toifa) jurnallar – bu faqatgina ilmiy dolzarbligi yuqori, metodologik jihatdan puxta yondashilgan va tadqiqot sifati mukammal bo‘lgan maqolalarni qamrab oladigan eng yuqori reytingli jurnallar toifasidir.

Universitetimiz olimlarining ilk ilmiy maqolasi “Appliyed Mathematics and Mechanics (English Edition)” jurnalida chop etildi. Ushbu jurnal o‘z sohasi bo‘yicha dunyo miqyosida TOP-10 likka kiradi va yuqori reytingga ega. Bu yutuq universitetimiz ilmiy salohiyatining yorqin ifodasi bo‘lib, ustozlarimizning mehnati va fidoyiligi samarasi hisoblanadi.

Ayni paytda UBS olimlari tomonidan bir necha nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilinmoqda. Bu muvaffaqiyat nafaqat universitetimiz, balki mamlakatimiz ilmiy salohiyati va obro‘sini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ta’lim sifati va akademik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet pedagoglari tomonidan tayyorlangan 50 dan ortiq darslik va o‘quv adabiyoti O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘i asosida nashr etishga ruxsat oldi. Bu adabiyotlar zamonaviy o‘quv standartlariga mos bo‘lib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va fanlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi. Ushbu tasdiq pedagogik jamoaning bilimga bag‘ishlangan fidokorona mehnati e’tirofidir.

Talabalarning ijodkorligini qoʻllab-quvvatlaydigan platforma 

Talabalarning bilim olishi, oʻsishi va oʻzini erkin ifoda etishi uchun qulay muhit yaratish har bir zamonaviy universitetning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. UBS universiteti mazkur tamoyilga amal qilgan holda, yoshlarning nafaqat akademik, balki ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, UBS talabalari uchun yilning eng yirik innovatsion loyihasi
“Startap loyihalar tanlovi”ni taqdim etib kelmoqda. Tanlovda saralashdan o‘tgan eng yaxshi jamoalar universitet homiyligida Sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha o‘quv dasturida qatnashadi. Istiqbolli loyihalar 200 000 AQSh dollargacha moliyalashtirilishi mumkin. Loyihalarni mahalliy va xalqaro bozorda tanitish hamda qo‘shimcha investitsiya jalb qilishda universitetning malakali mutaxassislari talabalarga doimiy yordam ko’rsatadi. 

Bunda tashqari, “UBS xabarnomasi” axborot gazetasi boʻlib, u har oy muntazam tarzda chop etiladi. Mazkur gazeta talabalarning mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish olib borish va oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun ochiq sahnani taqdim etadi. Unda talabalar she’r, hikoya, esse, fotoreportaj, tadqiqotlar va shaxsiy kuzatishlarini e’lon qilib, oʻz ijod mahsulini keng auditoriyaga yetkazish imkoniga ega boʻlmoqda.

Shuningdek, UBS tomonidan maktab, kollej va litsey o‘quvchilari uchun ham turli olimpiada va tanlovlar muntazam o‘tkazib kelinadi. Xususan, 2023-yil sovrin jamg‘armasi 2 mlrd so‘mlik, 2024-yil 4 mlrd so‘mlik “UBS fan olimpiadasi”da 20 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirok etgan. 2025-yilda esa 4 mlrd so‘mlik 5 ta fandan o‘tkazilgan olimpiadada esa Respublika bo‘ylab 120 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari qatnashdi.  Sovrindorlarga UBSga grant hamda vaucherlar, ularning o‘qituvchilariga esa qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan. 

Bilim – investitsiya, UBS esa manzil 

UBS universiteti o‘zining xalqaro hamkorliklari, ilg‘or o‘quv dasturlari va ta’limda yaratilgan keng imkoniyatlar bilan O‘zbekiston ta’lim tizimini yangilashga ulkan hissa qo‘shmoqda. Universitetning yuqori sifatli ta’limi, ilmiy-tadqiqot salohiyati va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmati, UBSʼni O‘zbekistondagi eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biriga aylantirmoqda. 

Bakalavr: ubsu.uz/uz/educations/bachelordirections
Magistratura:
ubsu.uz/uz/educations/masterdirections
Doktorantura:
ubsu.uz/uz/educations/doctoratedirections

Murojaat uchun:
+998555202626
Telegram Bot:
@ubsuzbekistan_bot
Elektron pochta: info@ubsu.uz




137

Tegishli maqolalar

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l bor

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l borBu yerda, eng avvalo, halollik bor!Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu texnika zamonida, faqatgina o'qigan va harakat qilgan insongina muvaffaqiyatga erishadi. "Hayotning asl mohiyati — yetti marta yiqilib, sakkizinchi bor oyoqqa turib keta olishdadir" (P. Koelo — "Alkimyogar").Darhaqiqat, inson ilm yo'lidami yoki hunar egallamoqchimi, albatta avvalo o'zi ustida astoydil izlanishi kerak. Chunki hozirda hamma bilimli, hamma aqlli. Zo'rdan zo'r chiqmoqda. Hayotda o'z o'rningizni topishingiz uchun bugun harakat qiling. Men bu borada UBSni tavsiya qilaman.Nima uchun deysizmi? Unda eshiting!BirinchidanBu yerda eng avvalo halollik bor. Chunki to'g'ri yo'l bor joyda osoyishtalik bo'ladi. Halollik bor joyda baraka bo'ladi. Bu yerdagi ustozlar eng avvalo kasbini sevishadi, shuning uchun sidqidildan dars o'tishadi. Axir sevgan ishing bilan shug'ullanish insonga huzur baxsh etadi. Eng tajribali professor-o'qituvchilar biz yoshlar uchun bilim berishadi.IkkinchidanBilimga boy kutubxona mavjud. O'qituvchilar bergan bilimlarni takrorlash va yangiliklarni o'rganish uchun kitoblarga boy kutubxona va onlayn kutubxona yoshlar ixtiyorida. Abu Ali ibn Sino shunday degan: "Ilmdan bir shula dilga tushgan on, shunda bilursan ki ilm bepayon."UchinchidanIntellektual va sport musobaqalari o'tkaziladi. Har bir insonning o'z qobiliyati bor: kimdir sportda zo'r, kimdir bilimda. UBS esa yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan charchamaydi. Bilasizki, bahs-munozara bor joyda o'sish bo'ladi. Yoshlarni nafaqat ma'naviy, balki moddiy jihatdan ham qo'llab-quvvatlashni yaxshi ko'radi. Ular uchun grantlar, stipendiyalar, vaucherlar va qimmatbaho sovg'alar ulashishda hech bir oliygoh UBSga yetolmaydi.To'rtinchidan"Ustoz-shogird" an'anasi mavjud. O'qituvchilar nafaqat ustoz, balki ular do'st hamdir. Ular suhbatdosh, sirdosh, maslahatgo'y va motivator bo'lib, yoshlarning o'z fikrlarini erkin ifoda etishlari uchun muhim rol o'ynaydi. Bilimga ega bo'lib, o'z so'zlari orqali ma'lumotni ifoda eta olmaslik, hozirgi yoshlar orasida keng tarqalgan asosiy muammolardan biridir. Bu borada UBS ustozlari va talaba yoshlari o'rtasida hech qanday muammo yo'q, chunki ular bir oiladir.BeshinchidanUBS — O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi. Men UBS bilan faxrlanaman va uning rivoji uchun o'z hissamni albatta qo'shaman. Dunyoning eng kuchli universitetlar "Top-1000" taligiga biz siz bilan birgalikda kiramiz. Axir bir nechta chet el oliygohlari bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolangan, UBS talabalari o'z o'qishlarini bemalol chet ellarda davom ettirish uchun imkoniyatga ega.Bir so'z bilan aytganda, UBS yoshlar kelajagi uchun qayg'uradigan eng jonkuyar oliygohdir. Shuncha imkoniyatlar bor ekan, biz faqat va faqat o'qishimiz kerak.

UBSLIKLAR blogi — 24-08-2024
3974

IT yo'nalishida sizga mos 19 ta kasb

Agar siz IT bo‘yicha o‘qimoqchi bo‘lsangiz yoki endigina diplomni qo‘lga olgan bo‘lsangiz, tabriklaymiz — siz eng tez rivojlanayotgan, eng ko‘p haq to‘lanadigan va eng talabgor sohalardan birining eshigini ochdingiz. Axborot texnologiyalari hozirgi zamonning yuragidir. Har bir kompaniya, har bir tizim, hatto har bir foydalanuvchi unga muhtoj.Ammo savol tug‘iladi: IT darajasi sizga aynan qanday ish eshiklarini ochadi? Qanday yo‘nalish sizga mos?Quyidagi ro‘yxat IT bo‘yicha eng dolzarb va talab yuqori bo‘lgan kasblarni jamlagan. 1. Yordamchi xizmat (Help Desk) tahlilchisi Mijozlar muammolarini hal qiladi. Bu pozitsiya ko‘pincha IT karerangizdagi birinchi qadam bo‘ladi.2. IT qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi Kompyuterlar, printerlar, dasturlar... biror narsa ishlamay qolsa, ular muammoni topadi va tuzatadi.3. Sifatni nazorat qiluvchi testchi (QA Tester) Dasturda xatolik bormi? Siz test qilib, nosozliklarni aniqlaysiz.4. Kompyuter kriminalistikasi tahlilchisi Kiberjinoyatlarni fosh qilasiz. Dalillarni tiklab, jinoyatchilarni topishga yordam berasiz.5. Ma’lumotlar tahlilchisi Raqamlar sizga gapiradi. Siz ularni tahlil qilib, kompaniyaga foydali qarorlar qabul qilishda yordam berasiz.6. Veb dasturchi Siz ko‘rayotgan har bir veb-sayt ortida shunday dasturchi turadi.7. Tizimlar administratori Serverlar, kompyuterlar, tarmoqlar – bularning barchasi ularning qo‘lida ishlaydi.8. IT tadqiqotchisi Texnologik muammolarni aniqlab, innovatsion yechimlar topasiz.9. Ilova ishlab chiquvchi Mobil ilovalardan kompyuter dasturlarigacha — siz hammasini yaratishingiz mumkin.10. Xavfsizlik tahlilchisi (Cybersecurity analyst) Kiberxavfsizlik — bu XXI asr qalqoni. Siz tizimlarni himoya qilasiz.11. Ma’lumotlar bazasi administratori Ma’lumotlar — zamonaviy olamning oltini. Siz ularni boshqarasiz.12. Biznes tahlilchisi (BI analyst) Strategik fikrlovchisiz. Siz kompaniya qarorlariga yo‘l ko‘rsatasiz.13. UX dizayneri Foydalanuvchi dasturdan mamnunmi? Bu sizning dizayningizga bog‘liq.14. Tarmoq muhandisi Katta korxonalarning interneti, server aloqalari — bu sizning ishingiz.15. Dasturiy ta’minot muhandisi Siz asosiy kodni yozasiz. Dasturlar sizning yordamingiz bilan ishlaydi.16. Bulut muhandisi (Cloud Engineer) Dasturlar va fayllar “bulutda” saqlanadi. Siz esa ularni boshqarasiz.17. IT arxitektSiz kompaniya IT infratuzilmasini loyihalashtirasiz — puxta va xavfsiz.18. Dasturiy arxitektYirik dastur loyihalarini boshqarasiz. Siz muhandislar jamoasiga yo‘nalish berasiz.19. Bosh texnologiya direktori (CTO) Bu texnologiyalar bo‘yicha eng yuqori lavozim. Siz butun kompaniyaning IT strategiyasini belgilaysiz.IT sohasi — bu to‘xtovsiz harakatda bo‘lgan poyezd. Unda harakat qilish uchun bilim, tajriba kerak. Diplom sizga chiptani beradi, lekin mashinist bo‘lish — sizning qo‘lingizda.Agar siz o'zingizni kelajakda shu kasb egasi sifatida tasavvur qilsangiz UBSdagi quyidagi yo’nalishlarga hujjat topshiring.IT yo’nalishlari:— Axborot tizimlari va texnologiyalari — Axborot xavfsizligi— Kompyuter injiniringiEng asosiysi: IT darajasi — bu yuqori maoshli ishlar sari yo‘l!

UBSLIKLAR blogi — 29-07-2025
3921

Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim

"Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim"Tibbiyot kollejida tahsil olayotgan paytlarimda, orzularim cheksiz edi. Oliy ta'lim muassasasiga kirib, talabalarga o'z soham bo'yicha dars berishni orzu qilardim.Ammo qishloqda yashaganligim sababli, oila qurish bizning hududda asosiy masala hisoblanadi. Ota-onam menga, "Tengdoshlaring allaqachon farzandli bo'lib ketishdi, kollej yetadi, institutda o'qimaysan," deb turib olishdi.Orzularim, istaklarim, rejalarim bir lahzada yo'q bo'lganday edi. Ota-onam maqsadlariga yetishdi, men esa yaxshi oilaning yaxshi bekasi bo'lib qoldim. Oradan 12 yil o'tdi. Ayol makrimi yoki oliy ta'limga bo'lgan intilishim sababmi, men turmush o'rtog'imdan universitetga hujjat topshirish uchun ruxsat oldim. U kishi: "Mayli, faqat bog'cha tarbiyachisi bo'lasiz, qolganiga ruxsat yo'q," dedilar.Orzularim qayta uyg'ongan kunShundan keyin ichimda so'nib borayotgan uchqun yana alangalanib ketdi. Men o'zimga "Uddalayman!" deb so'z berdim va astoydil harakat qildim. Test topshirish kuni keldi. Imtihon paytida mendagi hayajonni so'z bilan ta'riflash qiyin. Natijalar e'lon qilindi: 83,2 ball. Katta umidlar bilan turib edim, lekin bir lahzada hammasi tugaganday bo'ldi, ustimdan muzdek suv quyib yuborilganday edi.Bir kuni ovsinim menga: "Opa, Namanganda UBS degan oliy ta'lim muassasasi ochilgan" — deb xabar berdi, "bu ball bilan kirsa bo'larkan".Ichimda nimadir sodir bo'ldi... Va nihoyat... Men orzu qilgan kun keldi. Men talabaman. Men uddaladim.Bugun men eng baxtli ayolman. Ota-onam orzu qilgan yaxshi oilaning kelini, o'g'il va qiz nabiralarning onasiman. Turmush o'rtog'im xohlaganidek bo'lajak bog'cha tarbiyachisi, va o'zim xohlagandek O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi — UBSning talabasi bo'ldim.Kelajakdagi maqsadlarimUniversitet menga orzularimni, ulkan rejalari qaytarib berdi. Men UBS bilan faxrlanaman. Bugungi kunda rus va ingliz tillari kurslarida tahsil olyapman. Maqsadim — ta'limning magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish va talabalarga o'z yo'nalishimda fidoiylik bilan dars o'tish.Agar bog'chada tarbiyachi bo'lsam, 20-30 nafar bolaga ta'lim beraman, mudira bo'lsam esa 200-250 nafar bolani tarbiyalayman. Ammo, oliygoh ustozi bo'lsam, jamiyatimizning katta bir qismiga, ya'ni o'z kasbiga sodiq va jon kuydirib xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlashda yordam bergan bo'laman. Bu esa mening eng katta orzularimdan biridir.

UBSLIKLAR blogi — 20-08-2024
3843

HRdan PRgacha: Psixologiya yo'nalishida o'qiganlar qayerda ishlaydi?

Psixologiya — inson xulq-atvori, his-tuyg‘ulari va ong faoliyatini o‘rganadigan fan. Bu bilimlar nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki kasbiy hayotda ham juda muhim. Psixologiya bo‘yicha diplom nafaqat bir yo‘nalishga, balki turli sohalarga kirish uchun kalit bo‘lib xizmat qiladi. Quyida siz ushbu diplom asosida ishlashingiz mumkin bo‘lgan eng istiqbolli kasblar haqida keng ma’lumot beramiz. Kadrlar bo‘yicha mutaxassis: HRHR mutaxassisi ishga qabul qilish, jamoada hamkorlikni mustahkamlash va ishchilar salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Psixologik bilimlar inson salohiyatini baholash, ish motivatsiyasi va muloqot madaniyatini rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi.Ijtimoiy himoya mutaxassisiBu mutaxassislar ijtimoiy muammolarga duch kelgan insonlar bilan ishlashadi: ruhiy, iqtisodiy yoki huquqiy muammolarni hal qilishda yordamlashadi. Psixologiya fanidan olingan bilimlar — hissiy holatlarni tushunish, stress bilan kurashish, va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish — bu kasbning tayanchidir.Klinik psixologRuhiy kasalliklarni aniqlash va davolash, terapiya olib borish — bu sohaning asosiy vazifalari. Psixologiya fanidagi ilmiy metodlar klinik tashxis qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir insonga individual yondashish bu sohada muhim shart.PsixoterapevtPsixoterapevtlar odamlarning ichki ziddiyatlari, tushkunlik holatlari yoki hayotdagi qiyinchiliklarini tushunishga va yengishga yordam beradilar. Bu soha chuqur hissiy va kognitiv bilimlarni talab qiladi.SotuvchiIste’molchilarning xatti-harakatlarini, qaror qabul qilish jarayonini va brendlar bilan o‘zaro munosabatini o‘rganish – bu kasbning asosidir. Psixologik yondashuvlar mahsulotlarni joylashtirish strategiyalarida katta rol o‘ynaydi.PR MutaxassisiOmmaviy axborot bilan ishlash, brend imijini shakllantirish, auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish — PR mutaxassisining asosiy maqsadi. Psixologik bilimlar bu sohada ta’sirchan kontent yaratishda va odamlar xotirasida iz qoldirishda katta yordam beradi.YuristHuquqshunoslik psixologik bilimlar bilan uyg‘unlashganda ijtimoiy ziddiyatlarni yechishda, inson huquqlarini himoya qilishda va ijtimoiy munosabatlarni tushunishda yangi imkoniyatlar yaratadi.Psixologiya bo'yicha diplom olish sizga turli kasblarga eshik ochadi. Sizning bilimlaringiz va ko'nikmalaringizni turli sohalarda qo'llash orqali nafaqat muvaffaqiyatga erishasiz, balki odamlar hayotini ham yaxshilaysiz. Kasb tanlashda o'z qiziqishlaringizni, qadriyatlaringizni va bilimlaringizni hisobga olish juda muhim. Hamma joyda psixologiya mutaxassislariga ehtiyoj bor, shuning uchun o'zingizni qiziqtirgan sohani tanlab, kelajakda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin!Agar siz ham psixologiya sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘lib, jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, University of Business and Science ning Psixologiya yo‘nalishiga o‘qishga topshirishingizni tavsiya etamiz. Bu sizning professional va shaxsiy rivojlanishingiz uchun muhim qadam bo‘ladi.

UBSLIKLAR blogi — 16-07-2025
3652
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish