+998 78 113 26 26

Texas texnika universiteti professori Dani Ravi Prokashning "University of Business and Science"ga tashrifi

AQSHning Texas texnika universiteti professori, biotexnologiya fanlari doktori Dani Ravi Prokash “University of Business and Science”ga tashrif buyurdi.

Rasmiy uchrashuv mobaynida universitetimiz rektori Karimjon Mirzaxmedovich va janob Dani Ravi Prokash ushbu mavzularni muhokama qildilar:

- Ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarning jalb qilinishi;

- Professor-o‘qituvchilarning xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga amaliyot va malaka oshirishga yuborish;

- Xalqaro grant va ilmiy loyihalar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va boshqalar.

Professor Ravi Prokash universitetimizga tashrifi doirasida UBS talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro fikr almashish va kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari haqida so'z bordi.

140
Hamma yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo