UBS Kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibida universitetning 2025-2026-o‘quv yilidagi faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, kelgusi o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hujjatlarining ijrosi, ta’lim sifati, o‘quv-uslubiy, ilmiy va innovatsion faoliyat, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, universitetning tashkiliy tuzilmasi hamda Toshkent filiali faoliyati yuzasidan mas’ullar tomonidan hisobot va taqdimotlar topshirildi.
Bundan tashqari, ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish va universitetning strategik rivojlanishiga xizmat qiluvchi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Yakunda kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa