+998 78 113 26 26

Professor Manzura Omanboyevnaning Anqaradagi xalqaro simpozium va hamkorlik tadbirlarida ishtiroki

Joriy yilning 20-26-mart kunlari UBS ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Otajonova Manzura Omanboyevna Turkiyaning Anqara shahrida xorij safarida boʻldi.

Manzura Omanboyevna safar davomida Anqara musiqa va goʻzal sanʼatlar universitetida "Uluslararasi bilim, sanat və toʻplamda Aşiklik geleneği" xalqaro simpoziumda o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Anqara shahrida joylashgan Anqara musiqa va goʻzal sanʼatlar universiteti, Anqara Başkent universiteti, Anqara Xajettepe universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish bo‘yicha ilk qadamlar tashlandi. Ularning Anqaradagi hamkorlikni rivojlantirishga bo'lgan sa'y-harakatlari o'zaro ilmiy tajriba almashish va kelgusida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Professor Manzura Omanboyevnaga bundanda yuqori minbarlardan turib ilm ulashishni va o'zaro hamkorlikni kengaytirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

140
Hamma yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo