Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Yangi O‘zbekiston kitoblar jamlanmasi dunyoning 1-raqamli oliy ta’lim muassasasi markaziy kutubxonasidan joy oldi

“University of Business and Science” (UBS) tomonidan amalga oshirilgan tarixiy tashabbus natijasida O‘zbekistonning boy tarixi, moddiy va ma’naviy merosini hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘zida aks ettiruvchi kitoblar jamlanmasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan dunyoning birinchi raqamli oliy ta’lim muassasasi — Massachusets Texnologiya Institutining markaziy Hayden kutubxonasiga joylashtirildi. Kuni kecha, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Boston shahrida, ushbu kitoblar jamlanmasi MIT Kutubxonasi direktori Chris Bourgh ga rasmiy topshirildi.


Mazkur kitoblar jamlanmasi 120 dan ortiq ilmiy, tarixiy va adabiy asarlarni o‘z ichiga oladi. To‘plamdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Yangi O‘zbekiston tarixi, madaniy meros va tarixiy obidalar, mumtoz adabiyot va tasavvuf merosi, jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish davri hamda XX asr o‘zbek adabiyotiga oid fundamental manbalar joy olgan.

Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘zbek xalqining uch ming yillik shonli tarixi, boy ma’naviy-ma’rifiy merosi, milliy-etnik asoslari va qadriyatlarini hamda so‘nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan ulkan islohotlarni xalqaro akademik hamjamiyatga keng tanitish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning intellektual va madaniy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etishdan iborat.


Endilikda Massachusets texnologiya institutining markaziy kutubxonasi foydalanuvchilari, jumladan, yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va talabalar Yangi O‘zbekiston tarixi va madaniyati haqida ilk bor kompleks, ishonchli va chuqur manbalar asosida tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashabbus UBSning milliy merosni xalqaro ilmiy hamjamiyatga olib chiqish yo‘lidagi strategik maqsadlari bilan uyg‘un bo‘lib, universitetimiz tarixida ilmiy-madaniy hamkorlikning yangi bosqichi sifatida qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, MIT kutubxonasi fondiga adabiyotlar qat’iy akademik mezonlar asosida, alohida e’tibor bilan tanlab olinadi. ‘Yangi O‘zbekiston’ kitoblar jamlanmasining ushbu nufuzli muassasa kutubxonasidan joy olishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani va ularni yanada keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Dunyoning yetakchi instituti markaziy kutubxonasida O‘zbek kitoblar burchagi (Uzbek Books Collection Corner) tashkil qilinib, barcha jamlanmalar joylashtiriladigan bo’ldi.

62
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo