Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l bor
3540

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l bor

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l bor

Bu yerda, eng avvalo, halollik bor!

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu texnika zamonida, faqatgina o'qigan va harakat qilgan insongina muvaffaqiyatga erishadi. "Hayotning asl mohiyati — yetti marta yiqilib, sakkizinchi bor oyoqqa turib keta olishdadir" (P. Koelo — "Alkimyogar").

Darhaqiqat, inson ilm yo'lidami yoki hunar egallamoqchimi, albatta avvalo o'zi ustida astoydil izlanishi kerak. Chunki hozirda hamma bilimli, hamma aqlli. Zo'rdan zo'r chiqmoqda. Hayotda o'z o'rningizni topishingiz uchun bugun harakat qiling. Men bu borada UBSni tavsiya qilaman.

Nima uchun deysizmi? Unda eshiting!

Birinchidan

Bu yerda eng avvalo halollik bor. Chunki to'g'ri yo'l bor joyda osoyishtalik bo'ladi. Halollik bor joyda baraka bo'ladi. Bu yerdagi ustozlar eng avvalo kasbini sevishadi, shuning uchun sidqidildan dars o'tishadi. Axir sevgan ishing bilan shug'ullanish insonga huzur baxsh etadi. Eng tajribali professor-o'qituvchilar biz yoshlar uchun bilim berishadi.

Ikkinchidan

Bilimga boy kutubxona mavjud. O'qituvchilar bergan bilimlarni takrorlash va yangiliklarni o'rganish uchun kitoblarga boy kutubxona va onlayn kutubxona yoshlar ixtiyorida. Abu Ali ibn Sino shunday degan: "Ilmdan bir shula dilga tushgan on, shunda bilursan ki ilm bepayon."

Uchinchidan

Intellektual va sport musobaqalari o'tkaziladi. Har bir insonning o'z qobiliyati bor: kimdir sportda zo'r, kimdir bilimda. UBS esa yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan charchamaydi. Bilasizki, bahs-munozara bor joyda o'sish bo'ladi. Yoshlarni nafaqat ma'naviy, balki moddiy jihatdan ham qo'llab-quvvatlashni yaxshi ko'radi. Ular uchun grantlar, stipendiyalar, vaucherlar va qimmatbaho sovg'alar ulashishda hech bir oliygoh UBSga yetolmaydi.

To'rtinchidan

"Ustoz-shogird" an'anasi mavjud. O'qituvchilar nafaqat ustoz, balki ular do'st hamdir. Ular suhbatdosh, sirdosh, maslahatgo'y va motivator bo'lib, yoshlarning o'z fikrlarini erkin ifoda etishlari uchun muhim rol o'ynaydi. Bilimga ega bo'lib, o'z so'zlari orqali ma'lumotni ifoda eta olmaslik, hozirgi yoshlar orasida keng tarqalgan asosiy muammolardan biridir. Bu borada UBS ustozlari va talaba yoshlari o'rtasida hech qanday muammo yo'q, chunki ular bir oiladir.

Beshinchidan

UBS — O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi. Men UBS bilan faxrlanaman va uning rivoji uchun o'z hissamni albatta qo'shaman. Dunyoning eng kuchli universitetlar "Top-1000" taligiga biz siz bilan birgalikda kiramiz. Axir bir nechta chet el oliygohlari bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolangan, UBS talabalari o'z o'qishlarini bemalol chet ellarda davom ettirish uchun imkoniyatga ega.

Bir so'z bilan aytganda, UBS yoshlar kelajagi uchun qayg'uradigan eng jonkuyar oliygohdir. Shuncha imkoniyatlar bor ekan, biz faqat va faqat o'qishimiz kerak.

Yangi O‘zbekiston kitoblar jamlanmasi dunyoning 1-raqamli oliy ta’lim muassasasi markaziy kutubxonasidan joy oldi

Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda

UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni

UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

Samarqand safari start oldi

Sejong universitetida bayramona amaliyot

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish