Joriy yilning 5-aprel kuni Germaniyaning “Johannes Gutenberg University Mainz” universiteti vakillaridan iborat delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi.
Rasmiy tashrif doirasida universitetlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash nazarda tutilgan. Shu sababli tashrif davomida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumga asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
-Fakultetlar almashinuvi;
- Talabalar mobilligi;
- Ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish;
-Olimlar o‘rtasida o‘zaro tashriflarni amalga oshirish.
Shuningdek, “Institute of Slavic, Turkic and Circum-Baltic Studies (ISTziB)” Professori, Doktor Julian Rentzsch shu kunning o‘zida “Germaniyada Turkiy tillar va Mainzda Turkiyshunoslik bo‘limi” mavzusida amaliy seminar o‘tib berdi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa