UBS Toshkent filialining o‘qituvchilari Auezov universiteti tomonidan taqdim etilgan xorijiy malaka oshirish sertifikatlariga ega bo‘lishdi.
Tadbir davomida dotsent Akmaljon Saidnomonov (PhD) va dotsent Indira Rahimova (PhD) tomonidan ma’ruza o‘qildi. Ma’ruzalar ilmiy va amaliy bilimlarni boyitishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun foydali tajriba almashish maydonini yaratdi.

Shuningdek, o‘qituvchilarimizning ilmiy maqolalari Auezov universiteti ilmiy jurnalida chop etildi. Bu nashrlar ularning ilmiy izlanishlari xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi va UBSning ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa