UBS Toshkent filialida 100-sonli ixtisoslashtirilgan maxsus maktab o‘quvchilari uchun xayriya tadbiri tashkil qilindi. Tadbir doirasida o‘quvchilar uchun universitetimiz haqida maʼlumotlar, qiziqarli savol-javob o‘yinlari va interaktiv bahslar tashkil etildi.

Ushbu xayriya tadbiri orqali UBS xodimlari, oʻqituvchilari va faol talabalaridan tashkil topgan jamoa mehr, g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlash qadriyatlarini kelgan mehmon oʻquvchilar bilan ulashdi.
O‘quvchilar kunni samimiy muhitda, xursandchilik va xushkayfiyatda mazmunli o‘tkazishdi.

-Uchrashuv soʻngida UBS Toshkent filiali rahbari Rozaxon Shoeva oʻquvchilarni kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklab universitet rahbariyati tomonidan tayyorlangan maxsus sovgʻalarni topshirdi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa