Har birimiz hayotimiz davomida tanqidga uchragan paytlarimiz bo‘lgan. Qanday qilib uni rivojlanish vositasiga aylantirish mumkin?
3 ta oddiy tavsiya — e’tirozlarni to‘g‘ri qabul qilishga va ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
1.Tanqid gilayotgan inson fikrini oxirigacha tinglashga odatlaning. Ko'pincha, tanqid – kamchiliklarni ko'rsatib, ishni yanada mas'uliyatli bajarishga undash uchun qilinadi. Oxirigacha tinglash orqali o'sishingizga yordam beradigan jihatlarni bilib olishingiz mumkin.
2.Savollar berishdan qo'rqmang
Bu yondashuv xatolar ustida ishlashga tayyor ekanligingizni va mulohazalarni (e'tirozlarni) ochiq qabul qila olishingizni ko'rsatadi.
3.Aniq misollar keltirishni so'rang
Agar e'tirozlar umumiy tarzda aytilgan bo'lsa, oydinlik kiritishni so'rab, tushuntirishlarini iltimos giling. Bu o‘sish imkoniyatlaringizni aniqroq ko'rishga, o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirishga yordam beradi.
Tanqidlardan qochmang!
Har bir e'tiroz siz uchun yangi imkoniyat eshigi bo'lishi mumkin
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa