Namangan viloyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida "Oliy ta'lim muassasalari dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va xorijiy talabalar salmog‘ini oshirish" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda viloyatdagi barcha davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarining Xalqaro aloqalar bo‘limi boshliqlari va Ta'lim sifatini nazorat qilish inspektsiyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda "Oliy ta'lim muassasalarini akkreditatsiyalash va reytinglash" mustaqil agentligi maslahatchisi, iqtisod fanlari doktori, professor Olga Alekseyevna Yanovskaya hamda tashqi ekspert komissiyalarini shakllantirish bo‘yicha loyiha rahbari Gulfiya Rivkatovna Nazirovalar taqdimot qildilar.

Muzokaralarda UBS nodavlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari R.Ismoilov faol ishtirok etdi
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa