Ko‘hna Samarqandga otlangan talabalarimiz shaharning boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ular mashhur Go‘ri Amir maqbarasi va boshqa muhim obidalarni ziyorat qilib, ajdodlarimizning boy madaniyati va tarixi haqida ko‘proq maʼlumot oldilar.

Samarqandning me’moriy yodgorliklari, sanʼat asarlari va qadimiy ko‘chalarida sayohat qilib, ular o‘zlarining ilmiy va madaniy rivojlanishlariga yangi turtki oldilar. Bu sayohat talabalar uchun nafaqat tarixiy merosni o‘rganish, balki milliy qadriyatlarimizga hurmatni oshirish imkoniyatini ham yaratdi.

Sayohat davomida talabalar o‘zlarini tarixiy bir davrning ajralmas qismiga aylangandek his qilishdi, bu esa ularga o‘z milliy an’analari va madaniy boyliklarini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa