Universitetimizda o‘quv yili yakuni bo‘yicha yil sarhisobi bo‘lib o‘tdi
“University of Business and Science” oliygohida 2023-2024 o‘quv yili yakuni bo‘yicha “YIL SARHISOBI”ga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda boshqa mas’ul hodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda 2023-2024 o‘quv yili bo‘yicha yil sarhisobi tinglanib, keyingi o‘quv yili uchun universitet jamoasi oldi yangi maqsadlar qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida 2023-2024 o‘quv yilida yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan, barcha yo‘nalishlarda ibrat namunasini ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar hamda bir guruh hodimlarga universitet rektorining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa