UBS'da Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasining Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Podpolkovnik Sayfiddin Xojimirzayev bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.

Mutaxassis suhbatda talabalarimizga terrorizmning ayanchli oqibatlari va taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik, milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash va ilm olish haqida keng tushuntirdi.

Mutaxassis, shuningdek, yoshlarni radikal fikrlardan saqlanish va xushyor bo‘lishga chaqirdi. U terrorizmga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati katta ekanligini ta’kidladi. Bunday profilaktik suhbatlarning yoshlar orasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa