Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakultetida Namangan viloyati IIB JXX HPB bilan hamkorlikda “Islom terrorizmga qarshi” mavzusida profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Suhbatda IIB xodimi Kapitan N.Saydullayev ishtirok etib, talabalarimizga terrorizmning ayanchli oqibatlari va taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik haqida ma’lumot berdi.

Kapitan N. Saydullayev, shuningdek, yoshlarni ekstremizm va radikalizmdan saqlanish, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga chaqirdi. U talabalarga zamonaviy texnologiyalarni oqilona va xavfsiz foydalanishning ahamiyatini tushuntirdi. Suhbat davomida talabalar o‘z savollarini berib, muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa