“University of Business and Science”da kitoblar yarmarkasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada ishtirok etgan kitobsevar talabalarimiz o‘z kitob javonlarini zamonaviy illmiy-ommabop hamda badiiy asarlar bilan boyitdilar. Yarmarka davomida talabalar, turli janrdagi kitoblar bilan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan asarlarni tanlab oldilar.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida kitob o‘qishning ahamiyati va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazma talabalarga yangi bilimlar olish va o‘z fikrlash doirasini kengaytirish imkoniyatini yaratdi. Bunday tadbirlar kitob o‘qish va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa