“University of Business and Science” rektori Karimjon Boymirzayev sirtqi ta’lim shakli talabalari hamda professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi.
Rektorimiz talabalarning har biri bilan alohida ishlab, ularning murojaatlari va takliflarini tingladi. Qilingan murojaatlar yuzasidan tegishli xodimlarga atroflicha topshiriqlar berdi.

Rektor, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilarning fikrlarini e’tiborga olib, universitetdagi barcha sohalarda o‘zgarishlar va yangiliklarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv nihoyasida barcha ishtirokchilarga samarali hamkorlik va o‘zaro yordam asosida universitetni yanada rivojlantirishga chaqirdi.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa