Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 341-son buyrugʻiga asosan barcha oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida har chorakda bir marotaba “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan edi.
Tanlovning ikkinchi mavsumi ham oʻz yakuniga yetdi va yakuniy hisobga koʻra universitetimizning birinchi bosqich talabasi Abdullayev Islomjon Abduqahhorjon oʻgʻli eng kuchlilar safidan joy oldi.

Islomjonning kitobga bo‘lgan muhabbati va mehnati uni bu muvaffaqiyatga olib keldi. Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi amfiteatrida bo‘lib o‘tdi.
Gʻalaba muborak boʻlsin, Islomjon. Yutuqlaringiz bardavom boʻlsin.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa