Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Universitetimizda “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.Kenjayev, rektor maslahatchisi B.Sattarov, Namangan viloyati hokimligi mas‘ul xodimi B.Ergashev, Namangan viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi A.Nodirov, Nuroniy jamg‘armasi Namangan shahar bo‘linmasi raisi A.Nasriddinov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Tadbirda korrupsiyaning jamiyat va davlat rivojlanishiga zarari turli katta misollar bilan ko‘rsatilib, hech qachon korrupsiya bilan ish qilishga harakat qilmaslikka chaqirildi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa