Maktabtabgacha-boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti Feruza Abdug‘opirova va U.Ergasheva ustozlarimiz boshchiligida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi (sirtqi) 2-kurs talabalari bilan “Mehrjon” bayrami tashkil etildi.

Tadbirdan guruhlarning turli xil chiqishlari — musiqalar, jonli ijrodagi qo‘shiqlar, raqslar, she’rxonlik, turli bahsli bellashuvlar va qo‘l mehnati bilan yasalgan meva-sabzavotli ko‘rgazmalar o‘rin olgan.

Tadbirning asosiy maqsadi, meva va sabzavotlarning inson organizmiga foydasi, shuningdek, tabiatning bunday ne’matlarini asrash kerakligini targ‘ib qilishdir.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa