“University of Business and Science”da IT sohasida amaliy seminar o‘tkazildi. Axborot texnologiyalari rivojlanib borgani sari raqamlashtirish jarayonlari ham jadallik bilan ketmoqda.
Davlatimiz Rahbarining PQ-162-sonli qarori ham aynan raqamlashtirish, sohalarni bu orqali yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida oliygohimizda ham amaliy seminar tashkil etildi.

- Seminarda Namangan viloyati hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy sho‘basi, Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi, IT-Park viloyat filiali rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga onlayn platformalarda ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish, xalqaro IT-sertifikatlarini qo‘lga kiritish va soha bo‘yicha yanada kengroq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha mashg‘ulot olib borildi.

- Bu kabi seminar-treninglar talabalarimizning zamonaviy bilim va tajribalarni yanada yaxshiroq o‘rganishlariga dasturilamal bo‘lishiga xizmat qiladi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa