Universitetimizga Namangan shahri hokimi G‘ofurjon Jamalov tashrif buyurib, oliygohimiz bilan yaqindan tanishdi.
G‘ofurjon Oribjanovich talabalar bilan uchrashuvda o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lish yo‘lida ko‘proq o‘qib izlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Buning uchun UBS’da zarur shart-sharoitlar yaratilganini e’tirof etar ekan, hokimlik ham vakolati doirasida yoshlarga imkoniyat berish yo‘lida amaliy yordam ko‘rsatib borishini alohida ta’kidladi.
E’tirof etish joiz, hokimlikning oliygohimiz bilan hamkorligi bizga yanada yuksalishimiz uchun ishonch va kuch beradi.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa