“University of Biseness and Science” va “Namangan viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi” bilan hamkorlikda navbatdagi seminar-trening darslari tashkil etildi.
Trening ilgʻor pedagogik tajribaga ega, “Ilm-fan iftixori” koʻkrak nishoni sohibasi, “Xalq taʼlimi aʼlochisi”, oliy toifali pedagog Munisxon Abdullayeva tomonidan oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiya asosida qiziqarli, koʻrgazmalarga va bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi.
Talabalar bolalarning psixologik holatlari, ularga nima yoqishi va ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olib, ular kabi fikrlashga harakat qilishdi.

- Universitetimizda bunday seminar-trening darslari yil davomida doimiy oʻtkazib boriladi. Chunki, UBS’da barcha darslar nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borilsa, talabalar ishlashda qiyinchilikka duch kelmaydi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa