“University of Business and Sience”ning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda
Xususan, qo‘shni Qirg‘izistonning:
- O’sh davlat universiteti va uning qoshidagi tibbiyot fakulteti
- O’sh davlat pedagogika universiteti
- O’sh texnologiyalari universiteti
- Qirg’iz-O‘zbek universiteti bilan oliygohimiz o‘rtasida ilmiy, ma’rifiy, o‘quv ishlari, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu muzokaralarda universitetimiz vakillari sifatida prorektorimiz Zufar Xurramov hamda Ijtimoy va gumanitar fanlar fakulteti dekani Kamoliddin Sattorov qatnashdi.
Hamkorlik aloqalarining asosiy maqsadi, qardoshlarimiz bilan aloqalarimizni yanada yaxshilash va O‘shda tahsil olayotgan o‘zbek talabalarimizni yanada qo‘llab-quvvatlashdir.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa