19-yanvar maʼrifatparvar jadidchilarimizdan biri Mahmudxoʻja Behbudiy tavallud topgan kun. Shu munosabat bilan, kecha universitetimiz oʻqituvchilari Oybek Boyatov hamda Nargiza Babakulova tomonidan ochiq darslar tashkil etildi.

Ushbu ochiq darslarda talabalarimiz Behbudiyning hayoti va ijodiga oid qiziqarli savol-javoblar, oʻyinlar oʻtkazishdi. Ayniqsa, talabalarning “Padarkush” dramasini sahnalashtirishi oʻziga xos chiqish boʻldi.

Negaki, ushbu drama Behbudiyning shoh asari boʻlib, unda yoshlarning ilmli boʻlishi shartligi gʻoyasi ilgari surilgan.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa