O‘zbekiston va Indoneziya oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorliklar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
“University of Business and Science” bu borada tashabbus ko‘rsatmoqda.
Universitetimiz zamonaviy va ilg‘or taʼlim dasturlarini rivojlantirishga doimo alohida eʼtibor qaratadi. Shu munosabat bilan UBS Indoneziyaning TOP universitetlari qatorida turuvchi, dunyo miqyosida tan olingan QS Rankingda TOP 1400 talikka kiradigan “Universitas Muhammadiyah Surakarta” bilan talabalar almashinuvi loyihasi va bir qancha o‘zaro manfaatli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi.
Indoneziyadagi universitet vakillari bilan bo‘lgan suhbatda universitetimiz rasmiylari taʼlimga doir bir qancha loyihalar va kutilayotgan natijalar haqida atroflicha fikr almashdilar.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa