Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Ushbu yilda har birimiz tabiatni asrab-avaylashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz muhim. Davlat dasturida “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suv resurslarini tejash va ko‘kalamzorlashtirish kabi dolzarb masalalar belgilangan.
Ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan holda ECO-UBS klubi tashkil qilindi. Ushbu klub ostida universitetimiz jamoasi navbatdagi xayrli tashabbusni boshlashdi.

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari M.Nishonova va K.Komoliddinovich rahbarligida Pedagogika yo‘nalishi 23-15-guruh talabalari bilan birgalikda universitet hududiga archa ko‘chatlari ekildi.
- Bu faqat boshlanishi! Tabiatga mehr ko‘rsatish barchamizning vazifamiz. “Bir nihol – ming umid!” degan tamoyil asosida har bir yurtdoshimiz yashil kelajak sari o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa