1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
Oliygohimizning xalqaro aloqalari yanada kengayotganidan xabaringiz bor.
Kuni kecha Turkiyadagi Karabük Üniversitesi (Karabuk University) bilan imzolangan hamkorlik memorandumi ham aynan universitetimizning xalqaro maydondagi mavqeyini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu hamkorlik oliygohlarimiz o‘rtasida talabalar almashinuv darsturlari, ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlov va boshqa bir qator manfaatli kelishuvlarni o‘z ichiga oladi.
▪️ Karabük Üniversitesi Turkiyaning Korabuk viloyatida 2007-yil tashkil etilgan.
▪️ Oliygohda darslar turk va ingliz tillarida olib boriladi.
▪️ Talabalar darsdan tashqarida ishlash imkoniyatiga ega. Asosiysi, bu ularning rivojlanishiga halal bermaydi.
▪️ Shuningdek, oliygohda internet-kafe, basseyn, futbol va basketbol maydonlari, laboratoriya va dam olish xonalari mavjud.
Oliygoh jahonning bir qator reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda:
➖ Jahon universitetlari reytingi 2022 (10-o‘rin)
➖ Fanlar boʻyicha 2021-yilgi Jahon universitetlari reytingi: muhandislik va texnologiya (muhandislik va texnologiya boʻyicha jahon universitetlari reytingi) (1000 talikda 800-o‘rin)
➖ Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar universitetlari reytingi 2021 (Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar uchun universitetlar reytingi) (350 talikda 301-o‘rin)
➖ Impact Ranking 2021 (University Impact Ranking) (600 talikda 401-o‘rin)
➖ Asia University Rankings 2021 (Osiyo Universitetlar reytingi) (300 talikda 251-o‘rin)
➖ Yosh universitetlar reytingi 2021 (Dunyoning eng yaxshi yosh universitetlari reytingi) (300 talikda 251-o‘rin)
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch
UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar
Samarqand safari start oldi
Sejong universitetida bayramona amaliyot
Ta'limda chegaralar yo'q
UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda
Sejong universitetida 1-amaliyot kuni
UBS talabalari Janubiy Koreya amaliyotiga yo‘l oldi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin