Kuni kecha UBS universitetida talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlarning ota-onalari bilan maxsus yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda universitetning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Faxritdin Asqarov ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda 2025-o‘quv yilida ota-onalarning farzandlari ta’limiga yanada e’tiborli bo‘lishi, shuningdek, yotoqxona sharoitlari va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ota-onalar turar joyning qulayliklari va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir samimiy muloqot ruhida o‘tib, ota-onalar tomonidan ko‘tarilgan savollar muhokama qilindi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Bu jarayon universitet va ota-onalar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa